O‘zbekiston qonunchilik tizimi hozirda transformatsiya va modernizatsiya jarayonini kechirmoqda - Adliya vaziri
25 aprel kuni poytaxtda Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi start oldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Huquq – jadal modernizatsiya davrida» mavzusida o‘tkazilayotgan forumda zamonaviy huquq tizimini rivojlantirish masalasi, yuridik nazariya va amaliyotdagi muammolar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Forum ochilish marosimida O‘zbekistonda huquq va qonunchilik tizimining shakllanish tarixi haqida ma'lumot beruvchi videorolik mehmonlar e'tiboriga havola etildi.
«O‘zbekiston qonunchilik tizimi hozirda transformatsiya va modernizatsiya jarayonini kechirmoqda. Bu jarayon, albatta, kamchiliklardan xoli emas. Albatta, biz tizimni takomillashtirish, investitsion muhitni yaxshilash borasida tezkor va samarali harakatlarni amalga oshirishimiz zarur. Birgina Harakatlar strategiyasi doriasida 90ta qonun, 2000ga yaqin qaror va farmonlar qabul qilindi. Mehnat, mulk huquqi hozir bizning diqqat markazimizda», deydi forum plenar yig‘ilishida nutq so‘zlagan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov.
25-27 aprel kunlari davom etadigan forumning birinchi kunida xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida «Xalqaro arbitraj va sud ishi», «Xalqaro reytinglar», «Investitsiyalar: zamonaviy chaqiriqlar va imkoniyatlar», «Davlat rejalashtiruvi va ma'muriy islohot», «Davlat-xususiy sheriklik: tashkil etish va rivojlantirishning global tajribasi», yo‘nalishlarida muhokama sessiyalari hamda «Sud ekspertizasi», mavzusida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Forum jarayonini onlayn translatsiya asosida Oʻzbekiston24 telekanali hamda tashkentlawspring.uz sayti orqali kuzatishingiz mumkin.
Mavzuga oid

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

22:35 / 15.11.2022
AQSh O‘zbekistonda diniy erkinlikka doir qonunchilik xalqaro standartlarga moslashtirilishiga umid bildirdi

12:33 / 15.11.2022
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

23:40 / 12.10.2022