5-6 noyabr kunlari Özbekiston adliya vaziri (endilikda sobiq) Ruslanbek Davletov va taşqi işlar vaziri örinbosari Furqat Siddiqov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi AQŞga taşrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari Xalqaro diniy erkinlik böyiça AQŞ komissiyasi (USCIRF) rahbariyati, Institut Global Engagement (IGE) va Xelsinki Komissiyasi ekspertlari bilan muzokaralar ötkazgan.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, xalqaro diniy erkinlik böyiça AQŞ komissiyasi doimiy a’zolari bilan uçraşuvda Özbekistonda diniy erkinlikni ta’minlaş sohasida qilinayotgan işlar muhokama qilingan.

«Xususan, diniy erkinlikni ta’minlaş sohasidagi islohotlar va diniy taşkilotlarga oid qonunçilikni liberallaştiriş Amerika tomoni bilan atrofliça muhokama qilindi. Özbekistonda diniy e’tiqod erkinligini ta’minlaş sohasida huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar natijalari alohida ta’kidlandi.

Komissiya a’zolari Özbekistonda diniy erkinlikni ta’minlaş sohasidagi vaziyatni yaxşilaş böyiça salmoqli sa’y-harakatlar amalga oşirilganini e’tirof etdi. Ular bu boradagi islohotlarni davom ettiriş, qonunçilikni xalqaro standartlarga moslaştiriş borasidagi sa’y-harakatlarga umid bildirdi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Uçraşuv yakuni böyiça Özbekiston va AQŞ diniy erkinliklarni himoya qiliş sohasida hamkorlikni mustahkamlaş uçun doimiy işçi muloqotni davom ettirişga kelişib olgan.

Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik böyiça AQŞ komissiyasi (Xelsinki komissiyasi) vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvida inson huquqlarini himoya qiliş sohasidagi şeriklikni yanada çuqurlaştiriş istiqbollari muhokama qilingan.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Bundan taşqari, Ruslanbek Davletov AQŞ prezidentining maxsus yordamçisi Erik Grin va davlat kotibi yordamçisi Donald Lu bilan uçraşib, Özbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlaş, davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş, inson huquqlari va diniy e’tiqod erkinligini ta’minlaş kabi sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşgan.