Ruslanbek Quroltayyeviç Davletov Özbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi. U şu munosabat bilan Özbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.
Ruslanbek Davletov 2017 yildan Özbekiston Adliya vazirligini boşqargan, 2022 yil noyabrida prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga ötkazilgandi.
Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, DXX sobiq raisi Abdusalom Abdumavlonoviç Azizov Davletovning yoşlar masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangan.
Azizov 2017 yil yanvar–sentabr oylarida içki işlar vaziri, 2017 yil sentabrdan 2019 yil fevralgaça mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan, şundan keyin beş yil davomida Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan, 2024 yil noyabr oyi oxirida Komil Allamjonovga suiqasd böyiça iş doirasida işdan olingandi.
Suxrob Jöraquloviç Yusupov ham Özbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlandi. U şu munosabat bilan Özbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Adham Muratoviç Turdiyev Özbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungaça Özbekiston prezidenti administratsiyasi şu’basi mudiri lavozimida işlayotgandi.
Yusupov va Turdiyev muqaddam Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda işlagan.
Şuningdek, Muzaffar Murotoviç Komilov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.
Muzaffar Komilov ilgari Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligida boşqarma boşliği, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yil 18 aprelda Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari lavozimiga












