Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta tolasini sotish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 12 fevraldagi 106-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Belgilanishicha, 2019 yil 1 aprelga qadar tijorat banklari tomonidan birja savdolarida paxta tolasini sotib olish uchun to‘qimachilik tashkilotlariga berilgan bank kafolatlari ularning muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 12 fevraldagi 106-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
5-bandda:
a) to‘rtinchi xatboshidagi “, qolgan 85 foiziga bank kafolati berish” so‘zlari chiqarib tashlandi;
b) beshinchi xatboshidagi “qolgan 65 foiziga bank kafolati berish” so‘zlari chiqarib tashlandi;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:
“Bunda majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, shu jumladan bank kafolati, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta'minlanishi mumkin”.
1-ilova quyidagi mazmundagi 12-1-band bilan to‘ldirildi:
“12-1. 2019 yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qat'i nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda quyidagi formula bo‘yicha hisoblaydi: 20/120 ga ko‘paytirilgan haqiqiy sotish narxi (qo‘shilgan qiymat solig‘i = haqiqiy sotish narxi * 20/120)”.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
12:49 / 10.12.2025
O‘zbekistonda paxta, g‘alla va sholi yetishtirishda yuqori natijalar qayd etildi
11:02 / 10.12.2025
Paxta va g‘allachilikda hosildorlik oshiriladi: prezident qarori qabul qilindi
08:41 / 10.12.2025