«Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Pol Pogba yozda boşqa klubga ötmoqçi.

L’Équipe tarqatgan xabarga köra, 26 yoşli fransuz «MYu»dagi jamoadoşlariga yozda klubdan ketişni rejalaştirayotgani haqida aytgan.

Pogba «qizil iblislar» bilan şartnomasi muddati tugaşiga ikki yil vaqt bor. Klub hozirça u bilan kelişuvni uzaytiriş uçun harakat boşlamagan.

Transfermarkt.de portaliga köra fransuz futbolçisining transfer qiymati 90 million yevroga teng.

Ayni vaqtda «Real» va «MYu» Pogba böyiça muzokaralarni davom ettirmoqda. Inglizlar futbolçisi transferidan 130 million funt sterling işlab olişni maqsad qilişgan.

Pogbaning Mançester klubidagi yillik maoşi miqdori soliqlar çiqarib taşlangan holatda 17 million yevroni taşkil etadi. Agar madridliklar klubi ham unga şunça miqdorda maoş tölaydigan bölsa, u «Real»ning eng köp maoş oluvçi futbolçisiga aylanadi.