Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sanksiyalari 40 ming venesuelalikning o‘limiga olib kelgani ma'lum qilindi
AQShning Venesuelaga qarshi kiritgan sanksiyalari sababli 2 yildan kamroq vaqt ichida taxminan 40 ming venesuelalik vafot etdi. Bu haqda taniqli amerikalik iqtisodiyotchi Jyeffri Saks tadqiqotida aytilgan.
“AQSh sanksiyalari Venesuela iqtisodiyotini barbod qilish va shu yo‘l bilan tuzumni o‘zgartirishga qaratilgan. Bu Venesuela xalqiga katta ziyon keltiruvchi befoyda, beshafqat, noqonuniy va vayronkor siyosatdir. Tramp ma'muriyati tomonidan 2017 yil avgustda kiritilgan katta ko‘lamli iqtisodiy sanksiyalar oqibatlari orasida 40 mingdan ko‘proq o‘lim bor”, deb aytilgan AQShning iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi e'lon qilgan tadqiqotda.
Ilmiy ishda ta'kidlanishicha, AQSh sanksiyalari oziq-ovqat va dori-darmonlar tanqisligini keltirib chiqargan hamda aholi o‘rtasida o‘lim va kasalliklar darajasi oshishiga olib kelgan. Tadqiqotga ko‘ra, 2017 yildan OIV bilan kasallangan 80 mingga yaqin odam virusga qarshi davolanish olmagan, qand kasali va yuqori qon bosimiga ega 4 mln kishidan katta qismi insulin va yurak-tomir dorilarini ololmayaptilar. Vaziyat shunday davom etsa yana o‘n minglab venesuelaliklar hayotdan ko‘z yumishi mumkin.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
15:38 / 01.07.2026