«Ruslarni uyga qaytaring». Margarita Simonyan demografiya va Rossiyaning musulmon davlatga aylanishi haqida gapirdi
RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Donbassda istiqomat qiluvchilarga Rossiya pasportini berish boshlanganiga o‘z munosabatini bildirib, mamlakatdagi demografik holat va siyosat haqida gapirdi.
Quyida uning telegram-kanalida e'lon qilingan post qisqacha tarjima qilingan holda keltiriladi:
«Besh yildan beri Donbass uchun fuqarolik haqida fig‘onlarimni eshitgan barchaga rahmat. Aql g‘olib bo‘ldi, rahm-shafqat g‘alaba qozondi, biz zafar quchdik.
Keling, endi barcha ruslar uchun fuqarolikni qo‘lga kiritmagunimizga qadar to‘xtamaymiz. Sog‘lom insonning qarshi dalillari quyidagicha:
1. «Zamonaviy dunyoda etnik asosda fuqarolikni berish mumkin emas».
Mumkin. Isroil bermoqda, Germaniya beryapti, Gretsiya - deyarli barcha.
Sog‘lom insonni Rossiya bir madaniyat, tarix, til, umumiy o‘tmishga ega odamlarni ortga qaytarib olayotgani g‘ijintirmaydi. Men buni arman millatiga mansub shaxs sifatida gapiryapman. G‘ashini keltirmaydi.
2. «Yangi odamlar - budjetga yuk».
Budjetga yuk - yangi odamlarning yo‘qligi. Ushbu budjetni shakllantiradigan soliqlarni to‘laydigan va ishlashga qodir bo‘lganlar.
Demografik inqiroz - Rossiyaning asosiy iqtisodiy muammolaridan biri. Yechim yuzada turibdi. O‘ttiz yildan beri turibdi.
3. «Ruslar qiyofasi ostida turli odamlar keladi... o‘shalar».
Kamroq o‘g‘irlash kerak - ular kelmaydi. Har qanday tizimni tartibga solish mumkin - xohish-iroda yetarli.
Agar hech narsa o‘zgartirilmasa, unda 2040 yilga kelib Rossiya demografiya jihatidan butunlay boshqacha mamlakat bo‘ladi.
Avvalambor, Rossiya musulmon mamlakatga aylanadi. Bu ko‘plab hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan tibbiy fakt. Islom dini, umuman, boshqa dinlarga qarshi hech qanday fikrda emasman. Biroq, tasavvur qiling - farzandlaringiz sizning yoshingizda bo‘lganida, Habib Nurmagomedov Rossiya prezidentiga aylanadi. Men unga ham qarshi fikrda emasman, lekin Vatanimni o‘zim ko‘rayotgandek - madaniy, aqliy, ijtimoiy va diniy shaklda farzandlarim uchun saqlab qolmoqchiman. Bu - ko‘plab konfessiyalar va etnoslar yashaydigan dunyoviy davlat, sababi aksariyati rus, pravoslav etnosi bu nozik vaziyatni saqlab qolishga imkon beradi.
Iltimos, ruslarni uyga qaytaring», - deya yakun yasagan o‘z postiga Margarita Simonyan.
Ma'lumot uchun: Rossiyada istiqomat qiluvchi musulmonlar soni umumiy aholining taxminan 10-15 foizini tashkil etadi.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024