«Rayo Valekano» öz uyida «Qirollik klubi»ni mağlubiyatga uçratdi (1:0).
Ispaniya çempionati
35-tur
«Rayo Valekano» – «Real» – 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 23, penalti Embarba.
«Rayo Valekano»: Garsiya, Tito, Galves, Ba, Aleks Moreno, Embarba, Uçe Agbo, Mario Suares (Medran, 77), Poso (Trexo, 85), Bebe (Alvaro Garsiya, 78), Xavi Gerra.
«Real»: Kurtua, Karvaxal, Valexo, Varan, Marselo, Modriç (Isko, 74), Lorente, Kroos, Beyl, M.Dias (Vaskes, 82), Sebalos (B.Dias, 61).
Ogohlantirişlar: Valexo, 22. Modriç, 28. Mario Suares, 43. M.Dias, 62. Karvaxal, 79. Marselo, 86. Uçe Agbo, 90+3.
Hakam: Gonsales Fuertes.
28 aprel. Madrid. Campo de Futbol de Vallecas stadioni.
Motivatsiya va Benzema yöqligi
Endi Ispaniya çempionati turnir jadvalidagi holat «Real» uçun qiziqarli emas - bronzani bu jamoadan heç kim tortib ololmaydi, kumuşga esa yetiş qiyin - Zinedin Zidan futbolçilarni özi istasa ham ğalabaga çanqoq holatda çiqara olmaydi. Şu tufayli, bu öyinga aralaş tarkib tuşirilgani tuşunarli hol edi. «Rayo Valekano»ga qarşi öyinda boşlanğiç tarkibdan jamoa sardori Serxio Ramos (uni Valxeo almaştirdi) va «Real»ning oxirgi 8 goliga mualliflik qilgan Benzema örin olişmadi (uning örnini Mariano Dias egalladi).
Hayot-mamot jangidagi «asalarilar»
«Real»dan farqli ravişda Madridning bu kiçik jamoasiga oçkolar suv va havodan ham köra zarurroq edi - Ispaniya poytaxti janubidan bölgan bu jamoa turnir jadvalining eng quyi qismida joylaşgan va ligada qoliş uçun kuraşmoqda. Hamşaharlari ustidan ğalaba qozonsa, jamoa 20-örindan 19-öringa kötarilar va 17-örindagi «Jirona»bilan oradagi farqni 6 oçkoga qisqartirardi. Buning uçun qattiq kuraşiş talab etilardi.
Embarbaning penaltisi
Öyinning 10-daqiqasigaça jamoalar xavfli vaziyatlar bilan almaşişdi - avvaliga Marselo «Rayo» darvozabonini sinovdan ötkazdi, yana bir vaziyat Poso tomonidan uyuştirildi, u belgiyalik darvozabonni yaqin masofadan doğda qoldirolmadi, keyin esa hakam mehmonlar darvozasiga penalti qöydi: Xavi Gerra Valexoning folidan keyin gazonga quladi, hakam videohakam maslahati bilan 11 metrli nuqtani körsatdi. Embarba zarba berişda xato qilmadi va «Real» 2005-06 yilgi mavsumdan buyon birinçi marta çempionat öyinlarida yetti marta penaltidan gol ötkazdi.
















