"Jakarta bir vaqtning o‘zida ikkita muhim vazifa: ham moliyaviy, ham siyosiy markaz bo‘lishni bajara olmayapti", -dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "yangi poytaxt uchun to‘g‘ri joy tanlash, kerakli infrastrukturani tayyorlash zarur".
Portalning ma'lumot berishicha, hukumat poytaxt ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan uchta joyni tanlagan. Ular xususan, Palankaraya shahri va Penajam rayonidir.
Milliy rivojlanishni rejalashtirish vaziri Bambang Brojonegoroning aytishicha, poytaxtni ko‘chirish jarayoni o‘n yilgacha vaqtni olishi mumkin.
Jakarta alohida ma'muriy okrug maqomiga ega va mamlakatning eng aholisi zich shaharlaridan hisoblanadi.











