Ispaniyada ötgan muddatdan avval parlament saylovlari boş vazir Pedro Sançesning “Ispaniya sotsialistik işçi partiyasi” ğalabasi bilan yakunlandi. 

Boş vazir partiyasi parlament quyi palatasidagi 350 örindan 123 örinni, Xalq partiyasi 66 örinni, “Fuqarolar” sentristik partiyasi 57 ta örinni, “Birlaşib qila olamiz” söl koalitsiyasi 42 örinni va “Voks” partiyasi 24 örinni egallaydi.

Saylovlardagi iştirok 75 foizdan köproqni taşkil qilgan. 

Partiyalardan birortasi mutlaq köpçilik ovoz töplamagani sabab 176 tadan köproq örinni egallay olmagan. Şu tariqa, boş vazirga koalitsiya şakllantirişiga töğri keladi. 

Sançes Kataloniya mustaqilligini qöllab-quvvatlovçi deputatlar 2019 yil uçun budjet loyihasiga ovoz berişdan boş tortgaç, muddatdan avval saylovlar ötkazişga majbur bölgan.