Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari akademiyasining 4-bosqiç kursanti Bekzod Nurmatov Rossiyaning Vladivostok şahrida 24-29 aprel kunlari ötkazilgan jangovar samboning «A» seriyasiga kiruvçi çempionatda ham navbatdagi ğalabaga erişdi.

Yevropa hamda Osiyoning 15 davlati, şuningdek, Rossiyaning 20dan ortiq viloyatidan kelgan 200 nafardan ziyod samboçilar Yaqin Şarq federal universiteti sport zalida «Yuriy Potapov memoriali» nomidagi 22-xalqaro turnirda özaro kuç sinaşdi.

82 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida iştirok etgan hamyurtimiz Bekzod Nurmatov finalda rossiyalik kuçli raqib, Ivan Graçovga qarşi tatamiga çiqib, 9:0 hisobida mutlaq ğalabaga erişdi. 

«Bekzod Nurmatov Özbekiston nomini jahon arenasiga olib çiqişi birinçi bor emas. U 2016 yili, Akademiyada 1-kursligidayoq Germaniyada ötkazilgan qöl jangi böyiça xalqaro çempionatda kumuş medalni qölga kiritgan edi.

Uç karra Osiyo va xalqaro turnirlar ğolibi, jahon çempioni hamda jahon kubogi sohibi Bekzod Nurmatov joriy yilning aprel oyi boşida Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida ötkazilgan aralaş kuraşning Gran-pri turkumiga kiruvçi «Batir başi» IV etnoturnirida ham ğalabaga erişib, çempionlik kamarini qölga kiritgan edi», deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.