Jahon | 16:25 / 01.05.2019
20184
1 daqiqa o‘qiladi

Putindan navbatdagi qadam: ayrim ukrainaliklar uchun Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish uchun ariza berish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarning toifalari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat huquqiy axborot rasmiy internet-portalida e'lon qilingan.

Farmonga ko‘ra, soddalashtirilgan tartib ayrim toifadagi ukrainaliklarga amal qiladi.

Xususan, gap Qrim hududida tug‘ilgan va doimiy yashagan hamda undan 2014 yil 18 martgacha chiqib ketgan shaxslar haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, RSFSRda tavallud topgan va sovet fuqaroligiga ega bo‘lgan Afg‘oniston, Iroq hamda Suriya fuqarolari soddalashtirilgan tartibda fuqarolikni olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

24 aprel kuni Putin Ukrainaning Lugansk va Donetsk oblastlari ayrim hududlarida istiqomat qiluvchilar tomonidan Rossiya pasportlari olinishini osonlashtirdi.

Shundan so‘ng, u ukrainlar va ruslar uchun umumiy fuqarolik haqida gapirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid