Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Madumarovga tegishli 7 milliard so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yildimi?
Yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – "EDEL VEYS-ALI" mas'uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan auksionga qo‘yilgan. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Qayd etilishicha, ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan.
Boshlang‘ich narxi yetti milliarddan ortiq (7 567 767 500.00) so‘m bo‘lgan firma narxi hozirda 4 142 518 600.00 so‘mga tushgan.
E-ijro-auksion elektron savdo maydonchasida obektning suratlari joylashtirilgan bo‘lib, unda firmaga tegishli Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 15-uyda joylashgan ofis (jihozlari bilan) va avtomobillar ham ko‘rsatilgan.
"EDEL VEYS-ALI" mas'uliyati cheklangan jamiyatga 101.5 FM to‘lqinida joylashgan “Radio Grand” radiosiga tegishliligi aytiladi, deya ta'kidlangan ma'lumotda.
Mazkur radio auksionga qo‘yilganiga qaramay, hamon faoliyatini davom ettirmoqda. Auksion joriy yilning 8 may sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
"EDEL VEYS-ALI" mas'uliyati cheklangan jamiyati Gulnora Karimovaning sobiq eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
11:50 / 03.05.2026
Jyenevadagi pullar, hakerlar tahdidi va matbuot erkida pasayish - hafta dayjesti
18:23 / 28.04.2026