Bugun, 2019 yil 1 may kuni Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi rahbariyati iştirokida «Respublikamizda yer ajratib berişning tartib va mezonlari hamda yer ajratiş şaffofligi va samaradorligini ta'minlaş borasida belgilangan çora-tadbirlar» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda ma'lum qilinişiça, yakka tartibda uy-joy quriş uçun yer uçastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqini realizatsiya qiliş «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonçasida elektron auksionlar ötkaziş yöli bilan 0,04 gektargaça maydon uçun amalga oşiriladi.
Hozirgi kunda elektron savdolarga çiqqan yer uçastkalari soni böyiça Jizzax viloyati yetakçilik qilmoqda. Şu paytga qadar respublika böyiça 1,5 ming gektardan ortiq yer maydonlari bunday auksionlarga qöyilgan.
Şuningdek, tadbir davomida özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalarida yoki imorat quriş uçun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasini ötkazişni nazarda tutuvçi 461-qaror böyiça ham ma'lumotlar berildi.
Ma'lum bölişiça, respublika böylab 1 milliondan ortiq özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalarida yoki imorat quriş uçun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylar qayd qilingan. Oxirgi muddat hisoblangan 2019 yilning 1 may holatiga bunday mulklar egalaridan jami 269 mingta ariza qabul qilinib, qanoatlantirilgan. Yana 111 ming murojaatga ijobiy baho berilib, tölov undiriş kutib turilibdi.
Aholining köpçiligini murojaat qilişni muddatning sönggi kunlariga qadar keçiktirib yuborgani tufayli joriy yil aprel oyining oxirgi kunlari kadastr idoralarida katta navbatlar hosil bölgan.












