«Advokatnews» naşri bepul yuridik yordam mavzusiga bağişlangan davra suhbati haqida yoza turib, qiziq bir faktni keltirgan. Tadbirda qatnaşgan Moliya vazirligi departamentining boş iqtisodçisi Lyubov Aleksandrovna 2009 yildan 2018 yilni ham içiga olgan davrgaça jinoyat işlari böyiça davlat budjetidan 75 milliard söm ajratilgani, mablağlar qanday sarflanayotganini tekşiriş maqsadida Toşkent şahri va viloyatiga çiqilgani hamda mantiqqa zid va aqlga siğmaydigan dalillarni aniqlagani haqida aytib beribdi.

Masalan, Zangiota tumanida bir advokat 2 yanvar kuni bir kunda 162 odamga xizmat körsatgan. «Bu haqiqatga töğri keladimi?» deya hayratini yaşira olmagan Moliya vazirligi vakili.

Ta'kidlaş joiz, bu yerda «xizmat körsatiş» deganda, mijozlarga şunçaki huquqiy konsultatsiya beriş nazarda tutilmayapti. Gap jinoyat işlari doirasida (fuqarolik, ma'muriy yoki iqtisodiy işlarda emas) gumonlanuvçi, ayblanuvçi va sudlanuvçiga davlat hisobidan huquqiy yordam körsatuvçi advokatlar haqida ketmoqda.

Qanday hollarda advokat uçun davlat haq tölaydi?

Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasiga binoan, işni yuritayotgan suriştiruvçi, tergovçi, prokuror yoki sud gumon qilinuvçini, ayblanuvçini, sudlanuvçini yuridik yordam uçun tölovdan batamom yoki qisman ozod etişga haqlidir.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2008 yildagi 137-sonli «Advokatlar tomonidan körsatilgan yuridik yordam uçun davlat hisobidan haq tölaş mexanizmini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga binoan, ikkita holatda advokatlar uçun haq davlat tomonidan qoplab berilişi közda tutilgan:

1) oilasida har bir oila a'zosiga töğri keladigan yalpi oylik daromad eng kam oylik iş haqining 1,5 baravaridan ortiq bölmagan (bugungi kunda 304 ming söm) şaxslar uçun;

2) gumon qilinuvçi, ayblanuvçi va sudlanuvçi himoyaçidan voz keçişi bilan boğliq protsessual harakatda advokat iştirok etişi hollarida, şuningdek JPK 52-moddasining ikkinçi qismiga muvofiq jinoyat işida himoyaçining qatnaşişi majburiy deb hisoblangan hollarda.

Birinçi holatni ortiqça tuşuntiriş şart bölmasa kerak, kam ta'minlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş maqsadida davlat ularni öz hisobidan advokat bilan ta'minlab beradi.