11:50 / 03.05.2019
5921

Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi 

Foto: Pinterest

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi. 

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 6 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.

Qonunga muvofiq, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda  mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Unga muvofiq, asarlardan yoki turdosh huquqlar obektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish huquqbuzarlik qurollarini musodara qilib – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan (202 ming 730 so‘mdan) besh baravarigacha (1 mln 13 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan (1 mln 13 ming so‘mdan) 10 baravarigacha (2 mln 27 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram kanali.

Shuningdek, ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun ham javobgarlik chorasi belgilandi.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Top