Senat yalpi majlisida boshqarma va tashkilotlar haliyam Nurafshon shahriga ko‘chirilmagani tanqid qilindi
O‘zbekiston Prezidentining 2018 yilning yanvarida Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashriflari davomida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tijorat banklarining Toshkent viloyati boshqarmalari hamda tashkilotlarini Nurafshon shahriga ko‘chirish vazifasi qo‘yilgan edi.
3 may kuni o‘z ishini boshlagan Senat yalpi majlisida rais Nig‘matilla Yo‘ldoshev «oradan bir yil-u, uch oy vaqt o‘tganiga qaramasdan, faqat vazirlik va idoralarning 20ga yaqin boshqarmalari Nurafshonga ko‘chirilmagani»dan ajablandi.
«Joyida o‘tkazgan o‘rganishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, ayniqsa, moliya, soliq, statistika, bandlik va mehnat munosabatlari, xalq ta'limi, sog‘liqni saqlash, veterinariya nazorati boshqarmalari kabi tuzilmalarning amalda ko‘chirilmagani:
birinchidan, viloyat hokimligi uchun ko‘plab qiyinchiliklar va muammolarni keltirib chiqarmoqda;
ikkinchidan, mazkur tuzilmalar bevosita mas'ul va javobgar bo‘lgan sohalardagi aynan hududlarga xos bo‘lgan, aholini tashvishga solayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etishga sun'iy to‘siq bo‘lmoqda;
uchinchidan, boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish ishlariga bevosita salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda», - deydi Yo‘ldoshev.
Eslatib o‘tamiz, 19-yalpi majlisida Toshkent viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti tinglanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:57 / 10.04.2023
Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olingan
12:41 / 18.02.2023
Nurafshon shahrida 10 gektar yerni yarim million dollardan ziyodroqqa pullagan mansabdorlar qo‘lga olindi
08:11 / 06.11.2022
Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi
15:49 / 28.04.2022