Prezident Şavkat Mirziyoyev Nurafşon şahridagi “Nurafşon maxsus texnika” korxonasiga taşrif buyurdi.

Umumiy qiymati 50 million AQŞ dollari bölgan loyiha doirasida 25,8 gektar maydonda taşkil etilgan “Nurafşon maxsus texnika” korxonasida bugungi kunda “KRANTAS” brendi ostida maxsus turdagi avtomobillar, harbiy texnika va turli mexanizmlar işlab çiqarilmoqda, 300 nafardan ortiq yuqori malakali mutaxassis doimiy iş örni bilan ta’minlangan.

Ötgan davrda 2 yarim ming tonnaga yaqin metall konstruksiya, 300 dan ziyod avtomobil ustqurmasi, 200 dan ortiq şassi va 20 dan ziyod traktor işlab çiqarildi. Jumladan, ötgan yilda 275 milliard sömlik texnika va mexanizmlar buyurtmaçilarga yetkazib berildi.

Korxona import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş hajmini kengaytirişga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Şu maqsadda Toşkent şahrining Yangihayot tumanidagi 10 gektar yer maydonida yangi zavod quriş rejalaştirilgan. Bu esa yiliga 15-18 million AQŞ dollarlik mahsulotlarni mahalliylaştiriş imkonini beradi.

Davlat rahbari majmuadagi işlab çiqariş jarayonlari, mahsulotlar va zamonaviy texnologik yeçimlarni közdan keçirdi. Soha mutasaddilari va muhandislar bilan muloqotda mahalliylaştirişni kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.