Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Nurafşon şahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligining yangi barpo etilgan Ijtimoiy himoya majmuasida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Toşkent viloyatida ilk marotaba taşkil etilgan Ijtimoiy himoya majmuasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kompleks xizmatlarni bir joyda körsatiş imkoniyatiga ega.

U yerda 5 ta muassasa – Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toşkent viloyati boşqarmasi, hududiy Ijtimoiy inspeksiya, Nurafşon şahri “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi hamda hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi joylaştirilgan.

Majmua barpo etilişi hisobiga har yili Nurafşon şahri hamda unga yaqin bölgan Örta Çirçiq, Piskent, Oqqörğon va Böka tumanlarida 10 mingga yaqin fuqaro ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinadi.

Mazkur muassasada 100 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning jamiyatga tölaqonli va mustaqil moslaşişiga kömak beriladi.

Şuningdek, hududiy ijtimoiy xizmatlar markazida fuqarolarning individual ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda nodavlat sektor imkoniyatlarini keng jalb etiş orqali 5 turdagi ijtimoiy xizmatlar körsatilişi yölga qöyilgan.

Natijada köp yillar uyida ötirib qolgan va nogironligi bölgan şaxslar, özgalar parvarişiga muhtojlar, nogironligi bölgan bolalar jamiyatga integratsiya qilinadi.

Davlat rahbari şu yerning özida nogironligi bölgan şaxslarni yangi standart va sun’iy intellekt yordamida taşxislaş, Toşkent viloyat tajribasi asosida mahalladagi ijtimoiy xodimlarning yangiça işlaş mexanizmlari taqdimoti bilan tanişdi.

Prezident mazkur Ijtimoiy himoya majmuasida yaratilgan şaroitlarni közdan keçirar ekan, aholining muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyatga munosib moslaşişi hamda ijobiy ruhiyat bilan yaşaşiga kömaklaşiş davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.