«Buvaydada nima gaplar?!» Beş tadbirkor va hokimiyat mojarosi
|14:55 / 04.05.201934 5628 min
Farğona viloyatining Buvayda tumanidamiz. Tumanning ma'muriy markazi Yangiqörğon şaharçasida joylaşgan. Kiroyi tuman markazi. Gavjum.
Kun.uz saytiga navbatdagi murojaat tuman markazidagi buzilib, qayta qurilayotgan «Kökat bozori»da iş olib boruvçi tadbirkorlar tomonidan yöllangan. Ular bizni qöllarida beş oydan beri davom etayotgan muammo yuzasidan töplangan hujjatlar bilan kutib olişdi. Tuman hokimligi va tadbirkorlar bir töxtamga kela olmayotgan masala ayni vaqtda çigallaşa boşlagan.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Muammoning boşlanişi
Şaharça aholisi kundalik oziq-ovqat mahsulotlari xarid qiladigan bozorçadagi dökonlarda yonma-yon savdo qilib kelgan beş tadbirkor – Xurşid Rahimzoda, Baxtiyor Husanov, Abdulhoşim Töyçiyev, Maqsudjon Baxtiyorov va Muzaffar Şerqöziyevga şu yilning yanvar oyida dökonlari buzilişi haqida ogohlantiriş berilgan.
Bu savdogarlarda aynan bozorça içidagi joy uçun berilgan tuman hokimining qarorlari mavjud.
Savdogarlarning aytişiça, oradan bir oy ötib tuman hokimi va boşqa mutasaddi rahbarlar aynan buzilayotgan dökonlar örnidan zamonaviy dökonlar quriş uçun yer ajratilişini va'da qilişadi.
Endi hokimiyat tomonidan savdogarlarga öz dökonlari örnidan yer ajratiş payti kelgan edi. Hokimlik beş tadbirkorga yer ajratişga ajratdi, lekin iş oxiriga yetkazilmadi.
Savdogarlar faoliyat olib borgan dökonlar örnidan ma'lum bir qismini hokim qarori bilan bozorça hududida hujjatli joyga ega bölmagan, ayvon ostida kabob pişirib savdo qiluvçi Ravşanbek Siddiqovga biriktirib qöygan.
«Eng qiziği, Ravşan Siddiqovga öşa yer maydoni uçun tuman hokimi qarori beş savdogarga hali dökonlari buzilişi haqida ogohlantiriş xati berilmay turib, tört oy oldin, 2018 yil 29 oktabr kuni çiqarib bölingan ekan», deydi arizaçi savdogarlardan Abdulhoşim Töyçiyev.
Beş savdogarga esa, xuddi öşa maydondagi uzunasiga 21 metr joyning yarmini, ya'ni 11 metrini berişadi. Qolgani esa yuqorida aytilgan qaror orqali Ravşan Siddiqovga berilgan. Şu örinda aytib ötiş lozim, savdogarlarga ajratilgan yer maydoni uzunasiga qisqargani bilan eniga kengaygan.
«Bizning yer maydonimiz haqidagi toponomik suratli hujjatda menga ajratilgan joy Ravşan Siddiqovga ajratilgan maydonini ham öz içiga olişi körsatilgan. Tasavvur qiling, bitta maydonga ikkita qaror çiqarilgan», deydi Xurşid Rahimzoda.
Beş savdogar qalbaki hujjatlar asosida yerlari berib yuborilgani haqida viloyat prokuraturasiga murojaat qilişadi. Viloyat prokuraturasi tomonidan ariza örganilib, tuman hokimining Ravşan Siddiqovga çiqarilgan 2018 yil 29 oktabr kungi №1718-sonli qaroriga №10.2/581-19 sonli protesti beriladi va Buvayda tuman hokimining 2019 yil 9 aprelidagi № 2883-sonli qarori bilan Ravşan Siddiqovga «atalgan» №1718-sonli qaror bekor qilinadi.
Bir söz bilan aytganda, prokuratura tuman hokimining bozor hududidan Ravşan Siddiqovga yer berilişi haqidagi qarorini qonunga zid deb topadi va hokim öz qarorini bekor qiladi.
Bu paytga kelib, Ravşan Siddiqov öziga noqonuniy ajratilgan yerga savdo şoxobçasi binosini qurişni boşlab yuborgan va ikkinçi qavatga navbat kelgan edi.
Arizaçilar Siddiqovning dökoni hokim qaroriga asosan buzilişini kutişdi. Lekin, quriliş davom ettirildi.
«Ming afsuski, tuman hokimligi va mutasaddilari öz mansablarini suiiste'mol qilişda davom etişdi. Viloyat prokuraturasining protestiga asosan bekor qilingan qaror ijro qilinmadi, tuman hokimi Bekzodjon Ibragimov bizni hokimiyatga çaqirib bosim ötkaza boşladi. U bizdan Ravşan Siddiqov bilan kelişişimizni, yöqsa bizning ham qaror bekor qilinişini aytdi. Mahalla oqsoqollarini ham bizni rozi qilişga undaganiga nima deysiz? Siddiqov bizning joyimizda qurilişni davom ettirmoqda.
Joyimiz qaytarilmadi. Axir oilamizning asosiy tirikçiligi mana şu dökonlardan. Hokimlik «ikki-uç qavatli savdo dökoni qurişga qurbi yetmaydi», deb joyimizning bir qismini Siddiqovga bergan ekan. Lekin bizda ham 3 qavatli bino quriş uçun imkoniyat yetarli.
Qölimizda tuman hokimining aynan özimizning buzilayotgan dökonlarimiz örniga zamonaviy tipdagi dökonlar quriş uçun 2019 yil 18 fevral kungi № 743,744,745,746.747-qarorlari bor», deydi tadbirkorlar.
Bozorçadagi buziliş-quriliş işlari bilan tanişdik. Haqiqatda Ravşan Siddiqov tomonidan savdo dökoni qurilişi davom etayotgan ekan.
Tuman hokimligida
Buvayda tuman hokimligiga borganimizda tuman hokimi Bekzodbek Ibragimov kundalik işlari bilan tumanning uzoqroq hududiga ketganini aytişdi. Biz hokimning quriliş işlari böyiça örinbosari Obidxon Jörayevga uçrab, beş savdogarni qiynab kelayotgan savollarga javob olişga harakat qildik.
Hokim örinbosari bizga kiçik bozorçaning yangi qiyofasi aks etgan çizmalarni körsatdi. Haqiqatda juda çiroyli, zamonaviy körinişdagi savdo majmuasi barpo etilar ekan.
Mas'ul şaxs nega savdogarlarga buzilgan dökonlari uçun kompensatsiya berilmagani haqidagi savolimizga, murojaatçilarning dökonlari tuman komissiyasi tomonidan narxlanib, 120 million söm atrofidagi pul taklif qilingani, lekin savdogarlar mablağni emas, öz dökonlari örniga zamonaviy dökon qurişni tanlaşganini bildirdi.
Ravşanbek Siddiqovning bozorça hududida oldindan qaror bilan tasdiqlangan yeri bölgan yoki bölmagani haqida savolga u mazkur şaxsga tegişli qarorni körsatdi. Biroq tuman hokimining 2013 yil 7 iyuldagi 505-sonli qarorida Ravşan Siddiqovga yer maydoni bozorça içidan ajratilmagandi.
Körinib turibdiki, Siddiqovning bozorça hududida egalik qiluvçi qonuniy yer maydoni bölmagan, lekin Buvayda tumani hokimligi bozorça taşqarisida «kabobxona» yuritgan fuqaroga boşqa savdogarlarning yeridan yangi dökon quriş uçun yer ajratgan.
Hokim örinbosaridan prokuratura protestiga asosan hokimning Ravşan Siddiqovga bozor içidan zamonaviy dökon quriş uçun çiqarilgan qarori bekor qilingan bölsa-da, u nima uçun quriliş işlarini töxtatmayotgani böyiça izoh söradik. Hokim örinbosari savolga Ravşan Siddiqov mazkur qarorni bekor qiliş haqida sudga ariza berganini bildirdi. Uning aytişiça, bu savolga suddan söng javob olinar ekan.
Savdogarlar olti oy oldin ogohlantirilgani haqidagi hujjat esa boşqa mazmunda – unda dökonlar yölning qizil çiziğiga töğri kelgani uçun buzilişi haqida yozilgan.
Mas'ul şaxs beş savdogarga oldingi yer maydonidan köra köproq kvadratdagi joy berilganiga e'tibor qaratdi. Darhaqiqat, şunday. Faqat endi savdogarlarga uzunasiga emas, eniga nisbatan köproq yer ajratilgan. Tadbirkorlar esa bundan norozi.
Nega toponomik suratda bir joyga ikki şaxs belgilangan qaror çiqqani haqidagi savolga javob topa olmadik.
Xulosa örnida
Ayni paytda Buvayda tumani «Kökat bozori»dagi holat çigallaşib ketmoqda. Beş tadbirkor tuman hokimligi Ravşan Siddiqovga berilgan qarorni bekor qilgan bölsa-da, dökon buzdirilmayotgani va özlari quriliş boşlay olmayotganlaridan norozi.
Savdorgarlar tuman hokimligi, tuman içki işlar bölimi, tuman prokuraturasi tomonidan özlariga bosim bölayotganini ham aytişdi. Mazkur holat böyiça internet tarmoqlarida videoroliklar tarqalgan.
Tuman hokimligi esa mazkur qaror orqasidan fuqaro sudga murojaat qilganini bildiryapti.
Buvayda markazidagi eski bozorçani zamonaviy körinişga keltiriş uçun qilinayotgan ezgu harakat, tuman hokimligining mas'uliyatsizlik bilan örganilmay çiqargan qarorlari oqibatida mojarolar içida qolmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi