Farğona viloyati Buvayda tumani Nayman mahallasidan ötgan Nayman zovuri atrofidagi daraxtlar kesilişiga qarşi bölgan ekologiya inspektori Ahror Niyozovga tuman hokimi örinbosari Sayidjon Xizirov tomonidan kuç işlatilgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Zovur atrofida qança manzarali daraxtlar yöq qilindi? Holat qanday yuz berdi? Kun.uz muxbiri Buvaydada bölib, holatni örgandi.

Nayman qişloği aholisiga köra, qişloqdan ötgan zovur 1950 yillarda qazilgan bölib, zax tortiş vazifasini bajaradi. Zovur atrofida köp yillik manzarali daraxtlar bölgan. “Dom stroy” MÇJ rahbari Nozimjon Sobirov aholi qarşiligiga qaramay, zovur örnida savdo inşooti qurmoqçi bölib, 100 tupga yaqin daraxtni kesib taşlagan.

Zovur kömilsa, dehqonçilik öladi...

“Zovur zax suvlarni tortiş uçun 1950-1955 yillarda qazilgan. Manzarali daraxtlar ekologik holatni yaxşilaş uçun şu zovur qirğoqlariga ekilgan edi. 10-30 yillik daraxtlar ekologiya hisobida turardi. Tadbirkor bu yerda savdo inşooti qilaman deb daraxtlarga qiron keltirdi.

Qişloğimizda 6 mingga yaqin aholi dehqonçilik bilan şuğullanadi. Mana şu zovurning hisobiga yer yuzasiga şör çiqmay, qişloğimizning zax suvlari şu zovurga çiqib turardi. Har bir xöjalik kamida 50 million sömlik köçat yetiştiradi. Agar zovur kömiladigan bölsa, dehqonçilik qilib bölmaydi.

6 noyabr kuni kelgan tadbirkorlar. Qurilişga qarşilik körsatib, ekologiya, hokimiyatdan ruxsat olib, keyin qurilişni boşlanglar, dedik. Ular qölimizda loyiha turibdi, ruxsatimiz bor, heç kimdan ruxsat söramaymiz, deb işni boşlaşdi”, deydi Abduqahhor Sattorov.

Abduqahhor Sattorov

Daraxtni butayman deb belidan kesib ketişdi...

“Qabristonimiz zovurga yaqin joyda. Yerni kovlasangiz 2,5-3 metrdan suv çiqib ketadi. Agar zovur  kömiladigan bölsa, 5-6 yildan keyin şu suv 1,5 metrdan çiqadi. Mayitni 1,5 metr pastga qöysa, uning tepasida ayvoni bor, tepasida 50 santimetr qoladi. Natijada qabristondan ham zax suv çiqib ketadi. Bu holatni tepadagilar, qurilişni boşlab qöygan tadbirkor öylamayapti. Daraxtlarni butayapmiz deyapti-da, belidan kesib ketyapti. Ekologiya inspektori daraxt kesayotganning qölidan arrani olib qöysa, hokim yordamçisi unga qarşi kuç işlatyapti”, deydi Islomjon Aşurov.

Islomjon Aşurov

Qarşilik qilsang, qamalasan...

“Daraxtlarga qiron keltiriş boşlangan paytda tadbirkorga qarşilik qildik. Tadbirkor esa mahallamizning yigitlariga bosim qildi. Qarşilik davomli bölganidan keyin IIBga ustimizda ariza topşirdi. Hokimiyatga borsak, hokim qurilişga mening heç qanaqa aloqam yöq, boşqa taşkilot qaraydi, dedi. Ertasi kuni hokim kelib qurilişga kim qarşilik qilsa, qamataman, dedi. Holatni videoga olmoqçi bölsak, qarşilik qilişdi.

Umumiy hisobda 100 dan oşiq daraxtni kesib taşlaşdi. Ekologiya bölim boşliği Ahrorjon Niyozov va Qöqon şahar Milliy gvardiya xizmatçisi Feruzbek 6 noyabrdan beri şu yerda bölib, daraxt kesilişiga faol qarşilik qilişdi. Tadbirkor esa daraxt kesaman, milliard bölsa ham pulini tölab qöyaman, deb turib oldi”, deydi mahalla faollaridan biri Jamşidbek Ummatov.

Jamşidbek Ummatov

Daraxt kesilişiga faol qarşilik körsatgan Buvayda tumani ekologiya inspektori Ahrorjon Niyozov telefon orqali holatga izoh berdi.

Javobgarlikka torsak ham töxtaşmadi...

“Dastlab kesilgan daraxt 26 tup edi. Unga çora körgandik. Keyin yana 80 tup daraxt kesildi. 25 noyabr kuni zovurga borsam daraxtlarni yana arralayotgan ekan. Qölidan arrasini olib qöydim. Keyin hamma körgan ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan holat yuz berdi. Hokim örinbosari Sayidjon Xizirov tortqilaganida böynimdan yengil jarohat oldim, ekspertizada çiqdi.

Bundan avval arraçini 3 marta ogohlantirgan edim. Lekin u quloq solmadi. Daraxt kesiş uçun ekologiyadan ruxsat olinmagan. Tadbirkorni javobgarlikka torsak ham töxtamadi”, deydi ekologiya inspektori Ahrorjon Niyozov.

Zovur kömilmaydigan böldi...

“Nayman mahallasidagi zovurning ustiga yengil tipdagi dökonlar quriş rejalaştirilgan edi. Zovur töliq işçi holatda turardi. Xulosalar, texnik şartlar olingan. 800 diametrli quvur kömilib, zovur töliq işçi holatda turişi va ustiga yengil konstruksiyali dökon qurilişi rejalaştirilgan edi. Tuman hokimining topşiriğiga asosan quriliş işlari töliq töxtatildi. Ekologiyaga yetkazilgan zararlar hisoblanib qoplanadi. Tadbirkor, quruvçi tomonidan şoşmaşoşarlik bilan quriliş işlari boşlab yuborilgan, hududni oçib, daraxt kesilgan.

Zovur Sirdaryo suv irrigatsiya tarmoqlari ekspeditsiyasi balansida turadigan havza hisoblanadi. Tuman hokimi örinbosariga nisbatan uçta modda bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki suriştiruv harakatlari olib borilyapti. Tuman hokimi örinbosari Sayidjon Xizirov bilan şartnoma bir tomonlama bekor qilingan”, deydi Buvayda tumani hokimligi matbuot kotibi Asadbek Şokirov

Asadbek Şokirov, Buvayda tumani hokimligi matbuot kotibi

Eslatib ötamiz, Buvayda tumanida ekologiya inspektori Ahrorjon Niyozov aholi murojaatiga asosan manzilga borib, noqonuniy daraxt kesiş holatini aniqlagan. Söngra daraxtlarni kesayotgan şaxsni töxtatib, belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylaştirmoqçi bölgan. Voqea joyida bölgan Buvayda tumani hokimi örinbosari Sayidjon Xizirov esa ekologiya inspektoriga kuç işlatib, uni çetroqqa olib çiqişga uringan. 

Şundan söng Sayidjon Xizirov ekologiya inspektoriga zöravonlik qilişi ortidan lavozimidan ozod etildi. Hokim örinbosari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi böyiça jinoyat işi qözğatildi. Jinoyat işi tergovi şaxsan boş prokuror tomonidan nazoratga olingan.

Sarvar Ziyoyev,
Sardor Mamirov,
Kun.uz