Qotillik 2 martdan 3 martga ötar keçasi Buvayda tumanining «Oqtepa» MFYda sodir bölgan. Yangi qişloq mahallasida tuğilgan 19 yoşli kuyov K.I. qöşni qişloq — «Oqtepa» mahallasida istiqomat qiluvçi qaynotasi A.I. hamda özining homilador rafiqasi S.I.ni özaro oilaviy kelişmovçilik sabab çopqi (dastkalla) bilan çopib taşlagan. Oqibatda qaynota A.I. oğir tan jarohati olib, körsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, vafot etgan. Uning qizi S.I. esa şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Voqea mahallaning özida Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, viloyat va tuman mas'ullari hamda mahalla ahli iştirokida muhokama qilindi.

Yiğilişda boş prokurorning birinçi örinbosari Bahriddin Valiyev, içki işlar vazirining birinçi örinbosari Şuhrat Sobirov viloyat va tuman huquq-tartibot idoralari rahbarlari iştirok etişdi.


Uçraşuvda uşbu jinoyat sodir etilişiga oiladagi doimiy ravişdagi turli kelişmovçiliklar sabab bölgani qayd etilgan. Fuqaro K.I. ayoli S.I. bilan şa'riy nikohdan ötib yaşab kelgan. Mahalla ahlining ma'lum qilişiça, kelin hozirda Farğona viloyati markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimida huşsiz holda qolmoqda. Ahvoli oğir.
Voqea guvohlaridan biri — marhum A.I.ning akasi Anvarjon Ismoilov bölgan voqeani Kun.uz muxbiriga quyidagiça hikoya qilib berdi.

«Ukamniki bilan uyimiz örtasida bir devor bor, xolos. Xabar topişim bilan yugurib kirdim. Kirsam — «tez yordam» kelgan ekan. Ular ham şoşilinçda işlaşdi. Zambilni olib kirişga qaraşdim. Uy içiga kirsam — hammayoq qon. Ukam huşsiz polda yotibdi. Şifokorlar boşini boğlagan bölişiga qaramay, tinimsiz qon oqardi. Olib çiqdik va «tez yordam» maşinasiga ortib, şifoxonaga olib ketdik.
Olib ketişimizda maşina içida ukamning qöli osilib qoldi. Keyin bilsak, qöli ham singan ekan. Şifoxonada yordam körsatilişiga qaramay, ukamning joni uzildi. Uni şu darajada vahşiylarça öldirganki, bunday voqeani faqat kinolarda körganman. Körganlarimni söz bilan ta'riflab berişim qiyin. Ukam bunday ölimga loyiq emas edi», deydi marhumning akasi.














