Xalqaro-Press klub raisi Şerzodxon Qudratxöjayev feysbukdagi sahifasida davlat tili haqidagi mulohazalarini bayon qildi.

Men bolalikdagi hayotimni eslasam, öşa davrlarda judayam qiziq bölgan, öziga xos tarzda keçgan. Men ham öşa davrdagi tengdoşlarim qatori sovet davrida tuğildim, ta'lim oldim, baloğatga yetdim. Yoşligim asosan özbeklar yaşaydigan mahallada ötdi. Mahalla uçun bir notabiiy holat: bolalar boğçasida rusiyzabon guruhda tarbiya topdim.

Şuningdek, örta maktab va universitetda ham Ovrupo guruhida ta'lim oldim. Mutaxassis bölib yetişişdan taşqari rus tilini ham mukammal örgandim. Şuning uçun eskitdan rus tilida emin-erkin gaplaşaman, yozaman, ijod qilaman, körsatuvlar olib boraman. Keyinçalik kasbiy ehtiyojlar paydo bölgani sababli ingliz tilini, şuningdek, turkça sözlaşişni xam örgandim. Bugun qoraqalpoq, qozoq, qirğiz, turkman, uyğur, tatar, boşqird va hatto tojik tillarini tuşunaman, oz-oz bölsa-da fikrimni tuşuntira olaman.

Lekin bolalik davrimdan boşlab öz ona tilim – özbek tili men uçun boş va asosiy til. Öylaymanki, har qanday soğlom, özini hurmat qilgan odamda öz ona tiliga munosabat şu kabi bölişi kerak. Insonda ona Vatan, ota-ona va milliy til ikkitadan bölişi mumkin emas. Töğri, odam boşqa tillarda ham erkin va mufassal sözlaşa olişi, xorijiy tildagi kitoblarni öqib zavq olişi tabiiy bir hol. Lekin, har bir kamolga yetgan inson uçun uning özligini anglaşi faqat ona tili orqali keçadi. Har qanday or-nomus va pok vijdonga ega bölgan hazrati inson öz ona tili turganida boşqa bir tilga rasmiy maqomni berişni sörab yurmaydi.

Özbek tili keça paydo bölgan til emas. Özbek tili oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumiga kiradi. Bu til turkiy tillar içida markaziy örinni egallaydi. Öz davrida Hazrat Alişer Navoiy özbek tilining boşqa turkiylarda bölmagan sifatlarini oçib berdi va bu tilni nihoyatda boy va jozibador ekanligini öz ijodi bilan isbotladi ham. Özbek tilining forsiy-tojik tillaridan heç qanday kam jihatlari yöq ekanligini turli dalillar bilan körsatib berdi.

Sovet davrida qatağonlik davri – 1937 yildan mustaqillik davrigaça özbek tili kommunistik mafkura, totalitar siyosat va mustabidlik ostida kamsitib kelindi. Öşa davrda özbek xalqining öz ona tilida sözlaşişi baynalmilalçilikka zid, deb talqin qilindi. Hamon esimda, hatto maktabda, transportda, köçalarda özbekça gapirsak, bizga jyerkib berişardi özbekça gapirma deb, davlat idoralaridagi manzarani endi tasavvur qilavering...