Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qarori bilan respublika darajasidagi davlat organlari va xöjalik birlaşmalarining markaziy apparatlarida, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, Toşkent şahri hamda tuman va şahar hokimliklarida ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçi faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti maslahatçilar faoliyatini muvofiqlaştiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi.

Maslahatçilar Davlat tilini rivojlantiriş departamenti bilan kelişilgan holda tegişli davlat organi, taşkilot yoki xöjalik birlaşmasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Maslahatçilarning asosiy vazifalaridan biri davlat organlari va taşkilotlari rahbarlari huzurida davlat tilini rivojlantiriş hamda geografik ob’yektlarni nomlaş bilan boğliq masalalarni körib çiqiş va tegişli qarorlar qabul qilişda iştirok etişdan iborat.

Şuningdek, ular davlat organlari va taşkilotlari rahbarlarining davlat tili hamda ma’naviy-ma’rifiy işlarni yanada rivojlantirişga oid buyruq, qaror va körsatmalari ijrosini nazorat qilib boradi.

Belgilangan tartibga köra, maslahatçilarning hisobotlari Davlat tilini rivojlantiriş departamenti tomonidan bir yilda kamida bir marta eşitiladi.

Bundan taşqari, tegişli davlat organlari va taşkilotlarining yiğilişlarida maslahatçilar har çorakda öz faoliyati yuzasidan hisobot berib boradi. Hisobot natijalari asosida tegişli çoralar köriladi.