O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2019
14725
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura 2018 yilda «xufiyona» iqtisodiyotga qarshi kurash natijalari haqida hisobot berdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi davomida O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Xufiyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 8 146 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 3 392 ta ma'muriy va 4 178 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Jinoyat ishlarining 617 tasi tadbirkorlarning huquqlari buzilishi, 1731 tasi mansabdorlik jinoyatlari, 542 tasi pul mablag‘larining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq. 986 ta yashirin sex faoliyati tugatilib, 8,6 mlrd. so‘mlik noqonuniy ishlab chiqarilgan mahsulot olib qo‘yildi. 

Shu bilan birga, valuta jinoyatlariga chek qo‘yilib 9,8 mln. dollarlik naqd chet el valutasi va 3,5 mlrd. so‘m olib qo‘yildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hisobot davrida 1907 nafar mansabdor shaxs turli ko‘rinishdagi mansabdorlik jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortildi. 

Mavzuga oid