Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qosimxo‘jayev: «Vizasiz rejimni kengaytirishga tayyormiz, ammo turizm sohasida kollaps yuz berishi mumkin»
O‘zbekiston vizasiz rejim joriy etilgan mamlakatlar ro‘yxatini yanada kengaytirishga tayyor, ammo hozirgi vaqtda bu turizm sohasidagi chalajonlikka olib kelishi mumkin. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Hozirgi kunda Samarqand va Buxorodagi sayyohlik mavsumi eng qizg‘in paytida mehmonxonalarda xonalar qolmaydi, shuningdek, tezyurar poyezdlarga chiptalar ham bo‘lmaydi. Agar boshqa xorijiy davlatlar uchun vizasiz rejimni yanada kengaytirsak, unda, rostini aytganda, chalajonlik yuz beradi. Infratuzilmaviy chalajonlik vujudga keladi.
Prezident barcha davlatlar uchun ochishga tayyor. Biroq muammo shundaki, biz bunday oqimni qabul qilishga tayyor emasmiz. Hozirgi paytda vaziyatni tezda hal qilish uchun juda ko‘p harakat qilmoqdamiz, davlat o‘z hisobidan mehmonxonalar qurilishini qo‘llab-quvvatlamoqda», - dedi Qosimxo‘jayev.
Ma'lumot uchun: 2018 yilda O‘zbekistonga 5,4 million sayyoh kelgan. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatga 1 million sayyoh tashrif buyurdi.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026