Belarusning Vitebsk şahri hokimiyati 9 may kuni şaharda «Ölmas polk» aksiyalarini ötkazişni taqiqladi. Bu haqda Belset.eu sayti xabar bermoqda.
«Bu yil Ğalaba kuni munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlar qatoriga «Ölmas polk» paradi kiritilmagan», - deyiladi şahar rahbariyatining bayonotida. Rahbariyat «Ölmas polk» örniga «Belarus unutmaydi» umumxalq mitingida qatnaşişni taklif qilgan.
«Ölmas polk» taşkilotçilari hozirça qanday harakat qilişni bilişmayapti, lekin ular Lukaşenko rozi bölsa, paradni ötkazişmoqçi. Xabarda Qozoğistonning Aqtöbe oblasti rahbariyati ham «Ölmas polk»ni ötkaziş «şart emas deb topgani» alohida ta'kidlangan.
Belarusda ötgan yili ham «Ölmas polk»ni taqiqlaşgan, lekin hukumat keyinçalik unga rozilik bildirgandi.
«Ölmas polk» paradi Rossiyada ötkazilişi urfga kirgan zamonaviy marosim. Unda odamlar Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan yaqinlarining suratlarini kötarib belgilangan maydon va köçalar böylab aylanişadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin har yili «Ölmas polk»da öz otasining suratini kötargan holda qatnaşadi va har safar çiqişlarida bu aksiyaning «naqadar muhimligi»ni ta'kidlaydi. Rossiya naşrlari esa boşqa davlatlarda, ayniqsa MDH davlatlarida «Ölmas polk»ning ötkazilişiga qandaydir çeklov bölsa, alohida urğu berib yoritadi. Xususan, Belarusda bu tadbirni ötkazişdagi çeklovlar Rossiya bilan aloqalarning «risoladagidek emasligiga» işora deb qabul qilinmoqda.











