“Bu “Vagner” guruhi egasi (asosçisi) Yevgeniy Prigojinning Ukrainada haqiqatan ham “natsistlar” bor-yöqligi haqida oçiq savol berganidan keyin sodir böldi, bu esa Rossiyaning uruşni oqlaş böyiça rasmiy pozitsiyasiga zid keladi”, — deya eslatadi Britaniya razvedkasi.
Rossiya rasmiylarining özi xavfsizlik nuqtayi nazaridan “Ölmas polk” aksiyasi doirasida marşdan boş tortayotganini aytmoqda.
Bundan oldin “Ölmas polk” marşi taşkilotçilari uni 9 may, ğalaba kunida Rossiya şaharlarida ötkazişdan boş tortgandi.
Harakat matbuot kotibi Olga Baybulovaning “Interfaks”ga tuşuntirişiça, aksiya “an’anaviy formati”ni kengaytiriş va “Uluğ Vatan uruşi qahramonlari xotirasiga kun böyi hurmat bajo keltirişga” qaror qilingan.
“Rossiyaning ölmas polki” harakati markaziy ştabi hamraisi, Davlat dumasi deputati Yelena Tsunayeva RIA “Novosti”ga “turli xil formatlardan foydalaniş” qarori xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilinganiga aniqlik kiritgandi.











