Özbekiston milliy jamoasi 11 iyun kuni Toşkentda Suriya milliy jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazadi, deb xabar qildi ÖFA. Avvalroq Ektor Kuper şogirdlari 7 iyunda KXDR bilan nazorat uçraşuvida maydonga tuşişi ma'lum bölgandi.
Qayd etiş kerak, Özbekiston milliy jamoasi argentinalik mutaxassis qöl ostidagi ilk öyinini 2018 yil 6 sentabr kuni aynan Suriyaga qarşi ötkazgan va unda 1:1 hisobi qayd etilgandi. 62-daqiqada Marat Bikmayevning penaltidan urgan goliga 78-daqiqada mehmonlar hujumçisi Umar as-Soma javob qaytargan.
Ötgan yili kuzda KXDR bilan ham Toşkentda örtoqlik öyini taşkil etilgan, unda maydon egalari Bikmayevning har ikki bölimda kiritgan bittadan goli evaziga ğalaba qozongandi (2:0). Bu – Özbekiston milliy jamoasining Kuper murabbiyligidagi ilk ğalabasi bölgan.
Ma'lumot uçun, KXDR va Suriya milliy jamoalari yanvar oyida BAAda bölib ötgan Osiyo kubogida öz guruhlarida sönggi örinni egallagandi. Şimollik koreyslar oçko töplay olişmagan bölsa, suriyaliklar bir oçko bilan ortga qaytişgan. Ayni paytda, ÖFA rasmiy saytida ta'kidlanişiça, taşkilot «Özbekiston milliy terma jamoasiga FIFA kunlarida kuçli sparring-raqiblar topiş uçun köplab terma jamoalar bilan muzokaralar» olib borgan.
Osiyoda JÇ-2018 saralaşining ikkinçi - asosiy bosqiçi 2019 yil 5 sentyabridan boşlanib, 2020 yil 9 iyunigaça davom etadi.












