7 may kuni Sergeli tumani hokimligida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning mahalliy aholi bilan arzon uy-joylarga ipoteka kreditlari qiymatining oşişi masalalari böyiça yangi uçraşuvi bölib ötdi.

Bir oy avval ham boş vazir va Toşkent hokimi bilan uçraşuv bölib ötgandi. Öşanda aholi ipoteka kreditlari qiymati oşgani va yangi uylardagi kamçiliklardan şikoyat qilgandi. Boş vazir birinçi uçraşuvda murojaatçilarga vaziyat nazorat ostiga olinişi va bir oydan keyin ikkinçi uçraşuv taşkillaştirilişi va unda tuman aholisi vaziyatning tahlili böyiça hisobot hamda ipoteka kreditining yakuniy qiymati haqida ma'lumot olişlariga va'da bergandi.

Kun.uz’ga Toşkent şahri hokimligida ma'lum qilinişiça, tegişli idoralar vaziyatni, narxlarning şakllanişi va boşqa detallarni örganib çiqqan. Jumladan, endilikda Sergeli tumanidagi 34-uydagi kvartiraning 1 kvadrat metri 3 mln 254 ming söm, ya'ni avval örnatilgan narxidan 746 ming söm arzonroq böladi. Avval oşirilgan narx 4 mln sömni taşkil qilgandi.

Hokimlikda agar qolgan uylarning ham loyihalari 34-uyniki kabi bölsa, unda narxlar ham yuqoridagi kabi bölişi aytilgan.