Toşkent şahar hokimligi 9 may kuni «Ölmas polk» aksiyasi doirasida «Birodarlik qabristoni»dan Mustaqillik maydoniga piyoda borilişi haqidagi xabarni rad qildi.

«Internetda 9  may kuni şahrimizda «Ölmas polk» aksiyasi ötkazilişi, uning iştirokçilari «Birodarlik qabristoni» majmuasidan Mustaqillik maydonidagi mangu olov yodgorligiga qadar yurib borişi haqida asossiz ma'lumot tarqatildi», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

Raddiyada bu ma'lumot haqiqatga mos emasligi, taşkilotçilar ommaviy tadbir ötkazişga ruxsat olmagani, yönaliş tegişli idoralar bilan kelişilmagani aytilgan. Şahar böylab trotuardan ommaviy tarzda yuriş şahar ahli va mehmonlari uçun noqulayliklarni keltirib çiqarişi qayd etilgan.

Şu bilan birgalikda, 9 may kuni «Birodarlik qabristoni» kompleksida soat 10:00da Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan tadbir bölib ötadi. Istagan odam kelib, Ikkinçi jahon uruşida qurbon bölgan qahramonlar şarafiga uyuştiriladigan tadbirda qatnaşişi, şuningdek, Mustaqillik maydonidagi Motamsaro ona va Mangu olov yodgorligiga kelib, gullar qöyiş mumkin.

«Şu kuni soat 21:00da Xalqlar döstligi saroyida bayram munosabati bilan muşak otiladi. Bundan taşqari, Humo muz saroyida harbiy texnika körgazmasi bölib ötadi. Sizni uşbu tadbirlarda iştirok etişga çaqiramiz. Huquq tartibot organlari xodimlari marosimlar taşkillaştirilişi va köngilsizliklarsiz ötişi uçun barça çoralarni köradi», deyilgan  matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq bahsli «Ölmas polk» aksiyasi Toşkentda 9 may kuni baribir ötkaziladigan bölgani, taşkilotçilar aksiya iştirokçilari SSSR madhiyasining sadolari ostida «Birodarlik qabristoni»dan Mustaqillik maydoniga piyoda borişini rejalaştirayotgani haqida xabar qilingandi.

«9 may kuni trotuarlar va piyoda yölkalari böylab «Birodarlik qabristoni» majmuasidan to Mustaqillik maydonidagi Mangu olov yodgorligigaça musiqiy dastur bilan piyoda yuramiz», – degandi aksiya taşabbuskorlaridan biri Timur Ismoilov.

9 may — Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab «Birodarlar qabristoni»da bayram tadbiri ötkazilişi rejalaştirilgan.  Şu munosabat bilan 9 may kuni şahardagi Şota Rustaveli, Çöpon ota, Boği böston köçalarining «Birodarlar qabristoni»ga tutaş bölgan qismida avtomobillar harakati soat 7:00 dan 10:00 gaça vaqtinçalik çeklanadi.