Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro armiya safidan o‘nlab harbiylarni haydab yubordi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat qurolli kuchlari safidan davlat to‘ntaruviga aloqadorlik bilan bog‘liq holda o‘nlab harbiylar haydalishi va unvoni pasaytirilishi haqidagi farmonni imzoladi.
Gaceta Oficial nashrining ma'lum qilishicha, bunday harbiylar orasida Venesuela razvedka xizmati SEBIN’ning sobiq boshlig‘i, diviziya generali Manuel Figeru, 5 nafar podpolkovnik, 4 nafar mayor, 4 nafar kapitan, 6 nafar leytenant va 35 nafar serjant bor.
Shuningdek, bo‘shatilgan harbiylar orasida Milliy gvardiya podpolkovnigi, oxirgi oylarda muxolif milliy assambleya qo‘riqlash xizmatiga boshchilik qilgan Ilich Sanches ham bor.
Venesuelada 30 aprelda muxolifat davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga uringandi.
Mavzuga oid
09:37 / 29.06.2026
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026
Venesueladagi zilzila: qurbonlar soni 920 nafardan oshdi
09:18 / 26.06.2026