O‘zbekiston | 00:52 / 09.05.2019
60018
3 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi - Prezident qarori

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, qabo‘l qilinmoqda.

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan va u quyidagilarni nazarda tutadi:

  • maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
  • maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
  • maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • maktabgacha ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta'minlash;
  • maktabgacha ta'lim tizimiga maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
  • maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta'minlash;

Shungingdek, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;

2019–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;

2025–2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi har yili 1 dekabrga qadar o‘tayotgan yilning «Yo‘l xaritasi» bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi va  tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, «Yo‘l xaritalari»ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.

Tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
  • xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Mavzuga oid