Fuqarolar nimadan norozi bölgan edi?

Ötgan oyda Sergeli tumanining 5-dahasida barpo etilgan arzon uylarning sifati va narxi masalasi ayrim e'tirozlarga sabab bölib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining topşiriği bilan 11 aprel kuni Sergeli tumani hokimligida Özbekiston Respublikasi hukumati rahbari iştirokida uşbu uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uçraşuv bölib ötgan edi.

Sayyor yiğilişda kötarilgan masalalarni joyining özida örganiş va bartaraf etiş böyiça ikkita komissiya tuzilib, Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayev rahbarligidagi komissiyaga uylarning narxlari masalasini örganiş va imkon qadar arzonlaştiriş böyiça taklif işlab çiqiş, quriliş vaziri Abduqahhor Töxtayev rahbarligidagi komissiyaga qurilişdagi kamçiliklarni örganiş va joyining özida bartaraf etiş vazifalari topşirilgani haqida avval xabar bergan edik.

Joriy yilning 21 aprel kuni uşbu komissiyalarning dastlabki yiğilişi bölib ötdi va unda komissiyalar rahbarlarining axborotlari tinglanib, tanqidiy muhokama qilindi. Işni yanada jadallaştiriş, komissiyalar faoliyatiga jamoatçilik vakillari, şu xonadonlarda yaşaydigan fuqarolarni keng jalb etiş zarurligi ta'kidlandi. Ijtimoiy uylar qurilişini biznesga aylantirib yuborişga yöl qöyilmasligi qat'iy uqtirildi.

Aholi oldida hisobot berildi

7 may kuni Sergeli tumani hokimligida komissiyalarning örganişlari natijalari haqida aholi oldida hisobot berildi.

Yiğilişda komissiyalar öz işini xalqimiz bilan bamaslahat, hamjihatlikda amalga oşirgani, qilinayotgan işlardan jamoatçilikni xabardor qilib boriş maqsadida komissiyalar işiga loyiha institutlari, moliya, soliq, huquqni muhofaza qiliş idoralari vakillari bilan birga yirik nodavlat notijorat taşkilotlar, xususan, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Nuroniy» jamğarmasi, xotin-qizlar qömitalarining vakillari, katta hayotiy tajribaga ega faollar, şu yerda yaşaydigan fuqarolar jalb qilingani aytib ötildi.

Narx 3 981 700 sömdan 3 253 100 sömgaça tuşadi

Yiğilişda Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayev Sergeli 5-dahasidagi 34-uy misolida qurilişdagi sarf-xarajatlarni har bir band böyiça batafsil tahlil qilib berdi. Xonadonlar uçun belgilangan narxlarni har bir kvadrat metr uçun örtaça 700 ming sömgaça arzonlaştiriş, ya'ni quriliş taşkilotlarining foydasini, bank marjasini kamaytiriş, quriliş taşkilotlari va uşbu uylar uçun quriliş materiallari işlab çiqaruvçi korxonalarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan oqilona foydalaniş va boşqalar hisobiga uylarning har bir kvadrat metri narxini 3 981 700 sömdan 3 253 100 sömgaça tuşiriş imkoniyatlari borligini ta'kidladi.