2019 yil 29 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika iqtisodiyotiga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi. Uşbu hujjatga köra, yaqin yillarda «Toşkent–Andijon» va «Toşkent–Samarqand» yönalişlari böylab pullik avtomobil yöllari qurilişi belgilandi, deb yozadi Sa'dullo Tursunov «Mahalla» gazetasida. Maqola ÖzA'da e'lon qilingan.
Qaçon? Qayerda?
Rejaga köra, «Toşkent–Andijon» pullik yöli qurilişi böyiça 2019 yilning iyun oyida Jahon banki bilan konsultatsiya xizmatini körsatiş böyiça bitim tuziş közda tutilgan. Quriliş tenderi ğolibini e'lon qiliş va u bilan bitim tuziş muddati 2020 yilning dekabr oyiga möljallangan. Mazkur loyiha 2021 yilning avgust oyida boşlanişi rejalaştirilmoqda.
Ikkinçi yönaliş — «Toşkent — Samarqand» pullik yöli qurilişi Turkiyaning «Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S», «KaneH» va «Komm» kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oşiriladi. Loyiha joriy yilning IV çoragida boşlanişi va 2021 yil yakunida foydalanişga topşirilişi lozim.
Pullik yöllar — qanday yöllar?
Pullik yöl — haydovçilar haq tölab foydalanadigan yöllarga aytiladi. Bunday yöllardan foydalanganlik uçun tölanadigan mablağ uni ta'mirlaş va saqlaş, texnik xizmat körsatiş xarajatlarini qoplaş uçun sarflanadi. Tijoriy yöllarning davlat yöllaridan asosiy farqi şundaki, bunday yönalişlarda foydalanuvçilar va ularning avtoulovlariga yuqori sifatda xizmat körsatiladi. Qolaversa, pullik yöllarda harakatlaniş tezligi yuqori böladi.
Xalqaro tajriba örganiladi
Tan oliş lozim, hozir bizda bu borada yetarli tajriba va sohani tartibga soluvçi huquqiy asos yöq. Jumladan, Özbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktyabrdagi «Avtomobil yöllari töğrisida»gi qonunida ham mazkur masala qonunşunoslarimiz e'tiboridan çetda qolgan. Şu bois bugun yurtimiz mutaxassislari Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozoğiston kabi mamlakatlarning sohada töplagan tajribalari, amaldagi qonunçiligini çuqur örganmoqda. Çunki bu — juda muhim masala. Agar huquqiy asos yaratilmas ekan, biror yutuqqa erişiş qiyin.
Pullik yöllar qurişning tartib va qoidalari qanday?












