Angliya chempionatining 12-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Gollarga kam bo‘layotgan turda «Sauthempton» maydoniga safar qilgan turnir jadvali peshqadami «Liverpul» 1 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. Yomg‘ir ostida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi. 

«Manchester Siti» esa «Kristal Pelas» maydonida oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi - 1:2. Bu o‘yinda mavsumdagi ilk uchrashuvini o‘tkazgan Yaya Ture 2ta gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

O‘tgan mavsum chempioni «Lester» esa «Uotford»ga yutqazdi - 1:2.

«Everton» autsayder «Suonsi» bilan uchrashuvda oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi - 1:1.

«Sanderlend» o‘ziga kelmoqda. O‘tgan turda mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonlagan Devid Moyyes shogirdlari bu turda «Hall»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Stok Siti» esa kutilmaganda o‘z maydonida «Bornmut»dan yengildi - 0:1.

Birozdan keyin «Tottenhem» – «Vest Hem» uchrashuvi boshlanadi.

20-21 noyabr kunlari «Midlsbro» – «Chelsi» hamda «Vest Bromvich» – «Byornli» uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Sauthempton – Liverpul 0:0
Sauthempton – Forster, van Deyk, Bertran, Soaresh, Fonte, Bufal (Long, 66), Devis, Redmond, Romeu, Xeyberg, Ostin.
Liverpul – Karius, Lovren, Matip, Klayn, Koutino, Veynaldum, Firmino, Jan, Mane, Xenderson, Milner.
Ogohlantirishlar: Soaresh (61).

Kristal Pelas – Manchester Siti 1:2
Gollar: 0:1 – 39 Ture, 1:1 – 66 Uikxem,  1:2 – 83 Ture.
Kristal Pelas – Xennessi, Denn, Kelli, Uord, Tomkins, Kabay, Makartur, Panchon, Taunsend (Uikxem, 46), Zaa, Benteke.
Manchester Siti – Bravo, Kompani (Sabaleta, 37), Kolarov, Sanya, Otamendi, de Bryuyne, Fernandino, Ture, Sterling, Nolito (Silva, 67), Aguero.
Ogohlantirishlar: Otamendi (56), Nolito (62), Uikhem (78).

Stok Siti – Bornmut 0:1
Gol: 0:1 – 26 Ake.
Stok Siti – Grant, Shoukross, Piters, Bardsli (Jonson, 57), Martins Indi, Shakiri, Adam, Allen, Arnautovich, Krkich (Uolters, 73), Boni (Krauch, 68).