9 may — Xotira va qadrlaş kuni Özbekistonning ayrim hududlarida «Ölmas polk» tadbirlari ötkazildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon va Çirçiq şaharlarida «Ölmas polk» tadbirlari ötkazilgani, ularda rus millatiga mansub bölgan özbekistonliklardan taşqari özbeklar ham iştirok etişgani, ular qöllarida marhum qarindoşlarining suratlarini kötarib, köksilariga Georgiy lentalari olib, köçalar böylab yurib ötganini köriş mumkin.


Şuningdek, Toşkent şahrida joylaşgan «Birodarlik qabristoni»da ham «Ölmas polk» tadbiri ötkazildi, lekin taşkilotçilarning qabristondan Mustaqillik maydonigaça marş qilib boriş rejasi amalga oşmadi - şahar hokimligi «jamoatçilik tartibini buzmaslik va şahar yöllarida harakatlanişga xalaqit qilinmasligi» uçun ommaviy tadbir keng miqyosda ötkazilişiga ruxsat bermagan.

9 may kuni Toşkent şahrida qizil bayroqlar ilingan avtomobil harakati ham kuzatildi.

Qayd etiş kerakki, şu kuni bir guruh özbek ziyolilari «Birodarlik qabristoni»dagi «Ölmas polk» aksiyasiga muqobil tarzda sovetlar tuzumi qatağoni qurbonlari Abdulla Qodiriy, Fitrat, Çölpon, Maryam Sultonmurodova, Olimjon Qodiriy, Usmon Nosir va Fayzulla Xöjayev kabi istiqlolçilik harakati namoyondalarining suratlarini kötarib aksiya uyuştirişdi.

Eslatib ötamiz, 1999 yilning 2 martida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov 9 may kunini Ğalaba kuni emas, Xotira va Qadrlaş kuni sifatida nişonlanaş haqidagi farmonini imzolagandi.
«Uruş faxriylari, iştirokçilari va uruşda Qurbon bölganlarning oilalaridan tuşayotgan köplab iltimosnomalarni, xalqimizning, jamoat taşkilotlarining bildirayotgan xohiş-irodasini inobatga olib, Ikkinçi jahon uruşida faşizmga qarşi kuraşib halok bölganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uçun jon bergan Özbekistonning barça öğlonlari xotirasini abadiylaştiriş muhimligini nazarda tutgan holda, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e'tiborini yuksaltirişga yoşlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaşga hissa qöşayotgan barça kişilarning hurmatini joyiga qöyiş maqsadida 9 may Xotira va qadrlaş kuni deb e'lon qilinsin», deyiladi farmon matnida.











