«Feyyenoord» Erediviziyaning 33-turida «Den Hag»ni qabul qilib, hujumçi Robin van Persining professional faoliyatidagi sönggi öyinda mağlubiyatga uçradi – 0:2.
35 yoşli futbolçi, özining tuşuntirişiça, futbol öynaşga qiynalayotganidan emas, balki jamoaning yoş iqtidorlariga joy böşatiş maqsadida butsalarini mixga ilgan.
Van Persi futbolçilik faoliyatini yakunlaşi munosabati bilan muxlislari unga özi öynagan barça klublar libosidan kelib çiqib yaratilgan öziga xos futbolka sovğa qilişdi.


Robin 16 yoşida «Feyyenoord» a'zosiga aylangan, 2001-2004 yillarda Rotterdam şahri jamoasida öynab, söng «Arsenal»ga ötgandi. Uning «töpçilar» safidagi faoliyati 8 yil davom etdi. 2014 yilda «MYu» safiga qöşilgan van Persi bu jamoada bir mavsum töp surgaç, Turkiyaga – «Fenerbaxçe» klubiga yöl oldi va u yerda 2018 yilgaça öynadi. Ötgan yili yanvarda «Feyyenoord»ga qaytgan hujumçi bu mavsum Erediviziyaning 25ta öyinida maydonga tuşib, 16ta gol urdi va 4ta golga hammuallif böldi.
Van Persi Niderlandiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar sanaladi. U 2005-2017 yillar oraliğida «uçar hollandlar» libosida 102ta öyin ötkazib, 50ta gol urgan. Robin JÇ-2010 finalçisi, JÇ-2014ning bronza medali sohibi sanaladi.










