"Fenerbahçe"ning Turkiya çempionati doirasidagi uçraşuvlardan birida yuz bergan vaziyat ortidan Robin van Persi kör böliş xavfi ostida qoldi.

"Fenerbahçe"ning "Akhisar"ga qarşi keçgan va mezbonlarning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan öyin davomida van Persining qovoğiga urişgan. Jarima maydonçasida niderlandiyalik futbolçini qarşi olgan himoyaçi uning çap köziga barmoqlari bilan zarba berib yuborgan.

Van Persi maydondan töğri şifoxonaga olib ketildi. Dastlabki taşxis yoqimsiz: futbolçi 33 yoşida bir közi körmay qolişi mumkin.

"Fenerbahçe" safida ikkinçi mavsumni ötkazayotgan futbolçi öz vaqtida Angliyaning "Arsenal" va "Mançester Yunayted" jamoalarida yorqin davrlar ötkazgandi.

Niderlandiya terma jamoasi safida van Persi 2010 yilgi JÇda kumuş, 2014 yilgi JÇda esa bronza medal olgandi. U milliy terma jamoa safidagi 101 uçraşuvda 50ta gol urgan.