O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi.

Birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan quyidagi uchta fan kiritiladi:

  • ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili); 
  • matematika;
  • O‘zbekiston tarixi. 

Ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.