Ravon Rossiyada qatorasiga 11 oydan beri avtomobil sotmayapti, bundan Yevropa biznesi uyuşmasi ma'lumotlari darak beradi.
2019 yilning aprelida kompaniya bitta dona ham avtomobil sotmadi, sababi ular sotuvda yöq. Taqqoslaş uçun, 2018 yil aprel oyida 576 dona maşina sotilgan, 2018 yil yanvar-aprel oylarida - 4676 dona avtomobil.
Hozirda kompaniyaning bozordagi uluşi 0%ni taşkil qiladi. Bu Ravon oxirgi marta Rossiyada 2018 yilning may oyida avtomobil sotganligi bilan izohlanadi. Öşanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan ğoyib böldi.
Özbekiston 2018 yil örtalarida avtomobil eksportini töxtatdi. Yil oxiriga kelib, «Özavtosanoat» taşqi bozorlardagi vaziyatni örganiş uçun bir partiya avtomobillar jönatilgani töğrisida xabar berdi. Keyinçalik, köplab mamlakatlarga eksport tiklandi, biroq an'anaviy tarzda asosiy bozorlardan biri hisoblangan Rossiya böyiça işlar töxtab qoldi.








