Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» 210 mln yevroga «Real»ning uch futbolchisini sotib olmoqchi
«PSJ» «Real»ning birvarakayiga uch futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.
Le Parisien`ning xabar berishicha, «qirollik klubi» yarimhimoyachilari Toni Kroos va Isko hamda hujumchi Garet Beyl parijliklar diqqat markazida bo‘lib turibdi.
Fransiya chempioni shu yozda ular uchun jami 210 mln yevro to‘lashga tayyorligi aytilmoqda. O‘z navbatida, «Real» ham mazkur uchala futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga qarshi emas.
Ma'lumot uchun, 29 yoshli Beyl bu mavsum «Real»ning 42ta o‘yinida maydonga tushib, 14+6 samaradorlik natijasini qayd etdi. 27 yoshli Isko esa 36ta uchrashuvda qatnashib, 6ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi. 29 yoshli Kroos hisobida esa 43ta o‘yin va 1+6 mahsuldorlik ko‘rsatkichi mavjud.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026