«Buxoro» boş murabbiy Baxtiyor Aşurmatovni iste'foga çiqargan. Bu ma'lumotni Tribuna.uz manbasi tasdiqladi. Klub boş murabbiylikka bir qator murabbiylar nomzodini körib çiqmoqda. Hozirça «Buxoro»ni boşqariş uçun asosiy nomzod Igor Şkvirin bölib turibdi.

«Buxoro» Superliganing 8-turidan söng 6 oçko bilan 13-örinda bormoqda. Jamoa ötkazilgan öyinlarda bir marta ğalaba qozongan xolos. Aşurmatov şogirdlari çempionatning oxirgi 4 ta öyinida 3 marta mağlub bölib, 1 öyinda durang öynaşdi. Ötgan yil OKMK bilan Özbekiston Kubogida ğolib bölgan Aşurmatov mavsum boşlanişi oldidan «Buxoro»ni qabul qilib olgandi.