Davlat va xususiy sektor şerikçiligi Özbekiston taraqqiyotiga hissa qöşa oladimi?
|23:45 / 15.05.201910 14111 min
Ötgan asrning 90-yillarida PPP (public-private partnership) atamasi vujudga keldi. Tuşunçaning asl mohiyati şundaki, bunda davlat va xususiy sektor mamlakat infratuzilmasini yaxşilaş va sifatli davlat xizmatlarini amalga oşirişda özaro birlaşadi. Bundan kimga foyda? Ikkala sektor alohida faoliyat yuritganda ham ulkan natijalarni qölga kiritiş mumkin, deguvçilar ham bor. Xulosa qilişga şoşilmaslik lozim. Hukumat hamma sohalarga birday e'tibor qaratib, ma'lum miqdorda mablağ ajratişi imkonsiz. Şunday şaroitda iqtisodiyotni mustahkamlaş, qator ijtimoiy sohalarni oyoqqa turğaziş, şu orqali fuqarolar farovonligini oşiriş vazifasi turibdi. Xöş, uşbu vaziyatda davlat kimdan kömak olişi mumkin? Albatta, moliyaviy jihatdan baquvvat bölgan xususiy sektor mavjud vaziyatni yaxşi tomonga özgartiroladi. Şerikçilik nafaqat fuqarolar hayotini farovon qiladi, balki ikkala tomon uçun xarajatlarni kamaytirib, foyda oşişiga hissa qöşadi.
Jahon Bankining 2018 yil yakunlari böyiça taqdim etgan hisobotlariga köra, dunyoning 135 ta mamlakatida davlat-xususiy şerikçilik mexanizmlaridan foydalanib kelinmoqda. Umumiy investitsion loyihalarning 15-20 foizi aynan davlat-xususiy şerikçiligi hissasiga töğri kelyapti. 1990-2012 yillar davomida uşbu jabhaga ajratiladigan örtaça mablağ qiymati qariyb 200 mlrd. AQŞ dollariga yetdi.
Özbekistonda uşbu amaliyotni joriy qiliş mumkinmi? Bu qançalik özini oqlay oladi? Hali bu sohada tajribaga ega bölmasdan turib yirik loyihalarni amalga oşiriş mumkinmi? Öttiz yillik jahon tajribasini özlaştiriş uçun qanday vazifalarni bajariş lozim?
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şerikçiligi agentligi rahbari Ğolib Xoljigitov agentlik faoliyati, loyihalar kölami va boşqa muhim ma'lumotlarni taqdim etdi.
«Özbekistonda davlat-xususiy şerikçilik loyihalari avvaldan amalga oşirib kelinardi, ammo...»
Davlat-xususiy şerikçiligi sohasi Özbekiston uçun yangi bölsa-da, bu sohada qonunçilik bazasi işlab çiqilişidan oldin ayrim yönalişlarda davlat-xususiy şerikçiligi loyihalari bölgan. Amaliyotda bu tajribadan maktabgaça ta'lim muassasalarini qurişda foydalanilgan. Lekin bu keng tarmoq bölib rivojlantirilmagan. Demak, bu borada oz bölsa ham tajribaga egamiz.
Davlat-xususiy şerikçiligi iqtisodiyotga qanday ta'sir qiladi?
Eng avvalo, xarajatlar qisqaradi. Hisob-kitoblar şuni körsatadiki, davlat-xususiy şerikçiligi böyiça loyihalarning umumiy xarajatlari, töğridan-töğri bitim böyiça loyihalarga nisbatan 20-30 foizgaça qisqaradi. Bu nimaning hisobiga böladi? Davlat-xususiy şeriklik loyiha konsepsiyasini işlab çiqiş, unga ketadigan xarajatlarning çuqur tahlili, qulay hududni tanlaş, malakali mutaxassislarni jalb qiliş barçasini öz zimmasiga oladi. Boşqaça aytganda, davlat xizmatlari bepul amalga oşiriladi. Xususiy sektor esa mavjud xavf-xatarni böyniga olib, loyihani moliyalaştiradi. Eng asosiysi, davlat uşbu loyihalarni tartibga solişda öz vakolatlarini saqlab qoladi. Davlat-xususiy şeriklik loyihalarida davlat tomonidan qöşiladigan hissa xususiy şerik majburiyatlari orqali qoplanadi.
Mavzuga oid
Davlat xususiy şerikçiligining yana bir ijobiy jihatlaridan biri iqtisodiyotni raqobatbardoşligini kötarişdir. Xususiy tomon raqobatdoşlaridan köra köproq foyda oliş maqsadida bozordagi talabni sinçkovlik bilan örganadi. Natijada, xizmat sifatini oşirişga intiladi. Eng muhim jihati şundaki, xususiy sektor davlatga qaraganda taşabbuskorona fikrlaydi. Içki talabni yaxşiroq tuşunadi, iste'molçilar xohiş-istagini hisobga oladi. Çunki şerikçilik uzoq muddatga kelişiladi va jiddiy xatarlardan iborat bölişi mumkin.
Agentlik investorlarga qay darajada yordam beroladi?
Agentlik öz oldiga qanday maqsadlarni qöygan? Birinçidan, muassasa sohada yagona davlat siyosatini yuritadi. Masalan, loyihaga doir hujjatlarni tayyorlaşda kömaklaşadi va ma'qullaydi. Ikkinçidan, kadrlarni tayyorlaydi va loyihalarni monitoring qiladi, tender ötkazadi, ikkala tomonning huquqiy manfaatini himoya qiladi, investorlar, xalqaro moliya va donorlik taşkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, şuningdek davlat-xususiy şeriklik sohasining boşqa iştirokçilari bilan hamkorlikni taşkil etadi. Umumiy qilib olganda, loyiha bilan boğliq barça munosabatlarda investorga kömak beradi.
Davlat-xususiy şerikçiligi böyiça mustahkam qonunçilik bazasi mavjudmi?
Yirik masştabdagi loyihalarni amalga oşirişda xususiy sektor barça xavf-xatarni öz zimmasiga olişi kerak. Şuning uçun investor öz huquqlarining qonuniy tomondan qay darajada kafolatlanişiga ahamiyat beradi. Özbekistonda davlat-xususiy şerikçiligi böyiça yetarliça huquqiy baza mavjud. Joriy yilning 10 mayida Özbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy şerikçiligi töğrisida» gi Qonuni imzolandi. Uşbu yirik huquqiy hujjat davlat va xususiy sektorning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Unda ikkala tarafning huquq-majburiyatlari aniq belgilab berilgan. Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki kömagida tayyorlandi. Osiyo taraqqiyot banki, Jahon bankining Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari fikrlaridan ham foydalanildi. Dunyoning yetakçi davlatlari: AQŞ, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Qozoğiston, Belarustajribasi örganildi.
Davlat öz şerigini qay tartibda tanlaydi?
Qonunda belgilanganidek, hukumat öz loyihalarini keng jamoatçilikka e'lon qiladi va uşbu loyihalarga qiziqiş bildirgan investorlar örtasida tender ötkazadi yoki muzokaralar asosida ham şerigini tanlaşi mumkin. Bundan avval loyiha ikki bosqiçli jarayondan ötadi: loyiha konsepsiyasini tayyorlaş va texnik-iqtisodiy tahlil (loyihaning texnik xavfsizligi va moliyaviy xarajatlar). Undan söng esa iştirokçilar örtasida ikki bosqiçli tender ötkaziladi. Davlat eng kam xarjli rejani taqdim etgan xususiy sektor bilan şeriklik qiladi. Şundan söng ğolib çiqqan iştirokçi bilan muzokaralar ötkazadi va bitim imzolanadi. Xususiy tomonga quyidagi talablarga javob berişi lozim: huquqiy layoqatga ega böliş, işga layoqatlilik, tölay oliş qobiliyati, zarur moliyaviy, moddiy-texnik tajriba va mehnat resurslari borligi.
Davlat-xususiy şerikçiligi qança vaqt davom etadi?
Qonunga köra, davlat-xususiy şerikçiligi bitim asosida mustahkamlanadi. Bitim muddati 3 yildan 49 yilgaça deb belgilangan. Nima uçun aynan 49 yil? Yer egaligi qonunçiligiga muvofiq, yer 49 yildan keyin davlat ixtiyoriga ötadi. Demak, xususiy tomon ma'lum obektdan eng köpi bilan 49 yilgaça foyda olişi mumkin, undan keyin esa xususiy şerik özi foydalanib turgan yerni va undagi obektni davlatga topşiradi.
Xususiy sektor obektga butun umr egalik qilişi mumkinmi?
Yuqorida aytilganidek, 49 yildan söng bitim muddati tugaydi va har qanday obekt davlat ixtiyoriga ötadi. Lekin xususiy sektor özaro muzokaralar davomida şerigi (davlat)ga bitim muddatini uzaytiriş böyiça asosli sabab körsata olsa, belgilangan muddat özgartirilişi mumkin. Şuningdek, davlat ma'lum obektni xususiy sektorga töla topşirişi ham mumkin. Istisno tariqasida Prezident qarori bilan davlat-xususiy şerikçilik obekti şartnoma muddati tugaganidan söng xususiy şerikka ötkazilişi mumkin.
Investor uçun xavf-xatarlar nimalardan iborat?
Barça davlat-xususiy şeriklik loyihalarini tayyorlaş jarayonida unga risklar matritsasi va moliyaviy model tayyorlanadi. Misol uçun, tölov yöllari loyihasini oladigan bölsak - unda prognoz qilingan yölovçilar soni bilan amaldagi raqamlarning farqi (talab xatari), loyihaga jalb qilingan moliyaviy resurslari – qarzning tölov imkoni bölmasligi (moliyaviy xatar), loyiha hisob-kitoblarning notöğri bölişi (notöğri spetsifikatsiya xatari), uçinçi tomon masalalari (notöğri pudratçining tanlanişi, qayta moliyalaştiriş, protsent stavkalarining özgariş xatarlari). Bundan taşqari, loyihada valuta, inflatsiya va tarif siyosatining özgarişi bilan boğliq xavf-xatarlar bölişi mumkin.
Barça davlat-xususiy şeriklik loyihalarini tayyorlaş jarayonida unga moliyaviy model, ya'ni kapital, operatsion xarajatlar, daromad va boşqa moliyaviy körsatgiçlar şartnoma muddati davomi uçun hisoblanadi. Loyihaning moliyaviy resurslari xususiy şerik tomonidan ta'minlanadi. Demak, xavf-xatarlarning eng asosiysi moliyaviy xavf-xatar hisoblanadi.
Investorlar qaysi loyihalarga qiziqiş bildirişmoqda?
Osiyo taraqqiyot bankining hisob-kitoblariga asosan, Özbekiston işlab çiqariş va infratuzilmani rivojlantirişga har yili öz YaIMning
7.4 foizi miqdorida (qariyb 3.6 mlrd. AQŞ dollari) investitsiya kiritişi kerak. Transport (2.1 %), energetika (2.9%), axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (0.9%), içimlik suvi va sanitariya (0.6%) sohalariga ehtiyoj bor. Şuni hisobga olgan holda, joriy yilning 20 aprelida Prezident qarorida umumiy qiymati 2 mlrd. dollarlik 15 ta loyiha röyxati tasdiqlandi. Unda transport, aeroport, temiryöl, energetika, tibbiyot, ta'lim sohalarini rivojlantiriş böyiça loyihalar taqdim etilgan. Istalgan investor uşbu loyihalar yuzasidan davlat-xususiy şerikçiligi asosida faoliyat körsatiş böyiça taklif bildirişi mumkin. Ayni vaqtda investorlar energetika sohasidagi loyihalarga katta qiziqiş bildirişmoqda. www. pppda.uz sayti orqali investorlar loyihalar bilan tanişib çiqişlari mumkin. Sayt hozirça ingliz tilida faoliyat olib bormoqda, çunki biz investorlarni asosan xorijdan jalb qilmoqçimiz. Jahonda bu borada yetarliça tajriba mavjud. Şu maqsadda avval xorijlik investorlar bilan hamkorlik qilib muvaffaqiyatli loyihalarni qilmoqçimiz va davlat-xususiy şerikçiligi ahamiyatini amaliy tomondan isbotlab bermoqçimiz. Bu öz-özidan mahalliy investorlarni ham jalb qilişga yordam beradi.
Özbekistonda davlat-xususiy şerikçiligini ommalaştirişda qanday işlar qilinmoqda?
Yuqorida aytilganidek, davlat-xususiy şerikçiligi uzoq davom etadigan jarayon. Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, YeTTB mutaxassislari bilan hamkorlikni davom ettiryapmiz. Jumladan, Jahon bankining Xalqaro moliya korporatsiyasi mutaxassislari 30 ga yaqin mahalliy vazirlik va idora vakillariga öquv-treninglar ötkazişdi, natijada barçasi xalqaro sertifikat sovrindori bölişdi. Bu davlat-xususiy şerikçiligi sohasida kadrlar tayyorlaşning bir körinişi hisoblanadi. Ularni keyinçalik murakkab loyihalarni tayyorlaşga jalb etiş imkonimiz böladi. Yana bir taşabbuslardan biri Oliy ta'lim vazirligi bilan hamkorlik örnatib, tegişli OTMlarda davlat-xususiy şerikçiligi böyiça fanlarni joriy etiş, darsliklarni işlab çiqmoqçimiz. Şuningdek, şu yili kuzda investorlar xalqaro forumini ötkazmoqçimiz. Bundan maqsad loyihalarni moliyalaştirişda köproq xorijiy hamkorlarga ega bölişdir. Bajarilayotgan loyihalar haqida gapirilganda, Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan Navoiy viloyatida 100 megavatt quyoş energiyasi işlab çiqariş böyiça loyiha amalga oşmoqda. Hozir tenderning eng oxirgi bosqiçlari ötkazilmoqda. Yaqin kunlarda ğolib aniqlanadi. Boşida jahonning 42 ta yirik korxonasi loyihaga qiziqiş bildirdi. Saralaş natijasida 11 ta korxona sönggi bosqiçgaça yetib keldi. Ularning aksariyati Germaniya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Turkiya vakillaridir.
Davlat-xususiy şerikçiligi Özbekiston şaroitida «oçilmagan qöriq» dir. Sohaning ahamiyati böyiça aholiga töğri tuşunça berilsa, jahonning ilğor tajribasi örganilsa, milliy iqtisodiyotga misli körilmagan foyda keladi. Şu bilan birga, mamlakat infratuzilmasi yaxşilanişiga erişiş mumkin. Bunda davlat ham, xususiy sektor ham birday manfaatdor böladi.