Missisipi ştati gubernatori Filipp Brayant Özbekiston rahbari bilan uçraşuvdan söng ÖzA muxbiriga intervyu berdi.
– Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan xalqaro bozordagi hamkorligimiz, xususan, Özbekistonga töğridan-töğri xorij investitsiyasini jalb etiş yöllari, ilğor texnologiya imkoniyatlaridan foydalaniş, qişloq xöjaligi sohasida tajriba almaşiş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşdik.
Missisipi ştati qişloq xöjaligi sohasida ulkan salohiyatga ega. Bu yönalişda Özbekiston fermerlari bilan aloqa örnatiş, ular yetiştiradigan mahsulotlarni xalqaro bozorga olib çiqiş borasida hamkorlik qiliş mumkin.
AQŞ Özbekistonga katta işonç bilan qaraydi. Mamlakatingiz faol taşqi siyosat olib bormoqda, bu yerda yangi erkinlik tuyğusi hukmronlik qilmoqda. Mamlakatingiz biznesni rivojlantiriş uçun öz eşiklarini keng oçgan.
AQŞning «SilverLeaf International» kompaniyasi ötgan yili qişloq xöjaligi sohasida qöşma korxona taşkil etiş böyiça mamlakatingizning tegişli idoralari bilan kelişuv imzolagan edi. Yangi qöşma korxona paxtani ilğor texnologiyalar asosida yetiştiriş va xomaşyoni qayta işlab, raqobatbardoş tayyor mahsulot işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.
Biz, şuningdek, baliqçilik sohasida ham iş yuritamiz. Bu borada mamlakatingiz bilan texnika va texnologiyalar, tajriba almaşişimiz, şu tariqa ikki mamlakat iqtisodiyoti rivojiga ulkan hissa qöşişimiz mumkin.
Özbekiston qişloq xöjaligi sohasida ulkan tajriba va keng imkoniyatlarga ega. Mamlakatingizda agrobiznesni taraqqiy ettiriş borasida jiddiy qadamlar taşlanmoqda. Biz Özbekistonning sohaga oid universitet va kollejlari bilan ham hamkorlik qiliş niyatidamiz.
Özbekistonga taşrif doirasida Toşkent, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida bölamiz. Joylarda yurtingizning iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari bilan bevosita tanişiş niyatidamiz.











