Bugun, 14 may kuni Missisipi ştati gubernatori Filipp Brayant boşçiligidagi AQŞ delegatsiyasi yurtimizga taşrifi doirasida Özbekiston Qurolli Kuçlari akademiyasida böldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Missisipi ştati administratsiyasi, yetakçi taşkilotlar hamda savdo, innovatsiyalar, sanoat, qişloq xöjaligi va ta'lim sohalaridagi kompaniyalar vakillaridan iborat AQŞ delegatsiyasi akademiyaning infratuzilmasi, öquv-moddiy bazasi bilan tanişdi. Ta'lim dargohining professor-öqituvçilar tarkibi bilan birgalikda muloqotlar ötkazdi. Xususan, Akademiyada faoliyat yuritayotgan Jorj Marşall nomidagi xavfsizlik masalalarini örganiş böyiça Yevropa markazi xodimi professor Gregori Glison bilan harbiy kadrlar masalasida fikr almaşildi.
Gregori Glison 2018 yilning noyabr oyidan buyon Akademiyada xalqaro xavfsizlik böyiça öquv kurslarini ötib kelmoqda.
Şuningdek, mehmonlar Akademiya tarixi muzeyida böldi. Öquv xonalarini közdan keçirdi, axborot-resurs markazi, kursantlarning yaşaş şaroitlari bilan tanişdi.

“Delegatsiya tarkibida kelgan AQŞ Missisipi ştati Milliy gvardiyasi qömondoni – ştat gubernatori örinbosari general Jyenson Boylz bundan keyin ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojiga umid bildirib, yurtimizga yana bir bor taşrif qilganidan mamnunligini izhor qildi. Mamlakatlarimiz qurolli kuçlari örtasida tajriba almaşiş jarayonlariga yanada e'tibor qaratiş lozimligini ta'kidladi”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Eslatib ötamiz, Jyenson Boylz ötgan yilning sentyabrida ham Özbekistonda bölib, sohaga oid bir qator yönalişlar böyiça uçraşuvlar ötkazgan edi.












