Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 may kuni Missisipi ştati gubernatori Filipp Brayant boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Mamlakatimizga kelgan AQŞ delegatsiyasi Missisipi ştati administratsiyasi, yetakçi taşkilotlari hamda savdo, innovatsiyalar, sanoat, qişloq xöjaligi va ta'lim sohalaridagi kompaniyalari vakillaridan iborat.
Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, taşrif Özbekiston va Amerika Qöşma Ştatlari örtasidagi strategik şeriklikning yangi davri doirasida faol muloqot olib borilayotgani va köp qirrali munosabatlar izçil rivojlanib borayotganidan dalolat berişini alohida ta'kidladi.
Öz navbatida, gubernator F.Brayant samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirib, davlatimiz rahbariga AQŞ Prezidenti Donald Trampning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda turli darajalarda aloqalar sezilarli faollaşgani, özaro savdo hajmi ikki barobar ortgani, investitsiyalar, agrar majmua, sanoat, transport, turizm va gumanitar almaşinuv sohalarida hamkorlik böyiça qöşma dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özbekiston bilan Missisipi ştati örtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari batafsil körib çiqildi. Qişloq xöjaligi, biotexnologiyalar va agrokimyo, ösimlikşunoslik, çorvaçilik va baliqçilik, töqimaçilik va logistika sohalarida, avvalo, AQŞning ilğor texnologiya va bilimlarini joriy etiş asosida zamonaviy klasterlar va işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş orqali istiqbolli loyihalarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratildi.
Aniq loyiha va dasturlarni tayyorlaş va amalga oşiriş böyiça ikki tomonlama komissiya faoliyatini yölga qöyiş xususida kelişuvga erişildi.
Şuningdek, joriy yil 16-17 may kunlari Navoiy şahrida AQŞ va Kanadaning 40 dan ortiq kompaniyasi iştirokida bölib ötadigan Özbekiston-AQŞ-Kanada biznes forumi işbilarmon doiralar örtasida uzoq muddatli şeriklik aloqalarini örnatişga xizmat qilişi qayd etildi.
AQŞ delegatsiyasi a'zolari Özbekistonda sifat jihatidan yangi bosqiçda amalga oşirilayotgan, barça soha va yönalişlarni qamrab olgan islohotlarning natijadorligiga yuksak baho berdi. Idoralararo muloqotlarni faollaştiriş va qöşma taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyorlik bildirildi.














