Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologik, eksportga yönaltirilgan va import örnini bosuvçi işlab çiqarişlar uçun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilaş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Navoiy viloyati hududi 2030 yil 1 yanvarga qadar, keyinçalik belgilangan tartibda muddatni uzaytiriş imkoniyati bilan, innovatsion, yuqori texnologik, eksportga yönaltirilgan va import örnini bosuvçi işlab çiqarişlar uçun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilandi.
Navoiy viloyatini erkin iqtisodiy zona sifatida rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
innovatsion faoliyatni rivojlantiriş, ilğor tajribani joriy etiş va yuqori texnologiyali işlab çiqarişlarni yaratiş;
eksportga yönaltirilgan va import örnini bosadigan yuqori qöşimça qiymatli mahsulotlar çiqariş böyiça zamonaviy işlab çiqarişlarni yaratiş uçun töğridan-töğri investitsiyalarni jalb qiliş;
Navoiy viloyati işlab çiqariş va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanişni ta'minlaş;
kimyoviy mahsulotlar va zamonaviy quriliş materiallari, tabiiy toşlarni qayta işlaş hamda mahalliy xomaşyo va materiallarga asoslangan boşqa sanoat tarmoqlarini işlab çiqariş uçun klasterlar yaratiş;
qimmatbaho toşlar va metallarni qayta işlaş sohasida yangi işlab çiqarişlarni yaratiş, şuningdek zargarlik buyumlari işlab çiqarişga innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş;
viloyat korxonalari örtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş orqali yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş jarayonlarini çuqurlaştiriş;
viloyatning transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş, viloyat hududida yirik logistika markazini yaratiş;
mintaqa iqtisodiyotining hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlariga tayangan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş.
Navoiy viloyatidagi «Navoiy» EIZ iştirokçisi maqomiga ega bölgan korxonalar quyidagi tölovlardan ozod etiladi:
- yer soliği, daromad soliği, yuridik şaxslarning mol-mulkiga soliq, mikrofirma va kiçik korxonalar uçun yagona soliq tölovi;
- öz işlab çiqariş ehtiyojlari uçun, şuningdek, işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş, rekonstruksiya qiliş, texnik va texnologik qayta jihozlaş, mavjud işlab çiqarişni kengaytiriş uçun ajratilgan mablağlarning maqsadli yönalişi bilan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomaşyo, materiallar va butlovçi qismlar uçun bojxona tölovlari (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlar bundan mustasno);








