10-13 may kunlari Xorazm viloyati Xiva şahrida «Özbekiston bahori» II respublika an'anaviy ijod festivali bölib ötdi.

Özbekiston Yoşlar ittifoqi va Respublika yoş ijodkorlar kengaşi tomonidan taşkil qilingan mazkur festivalda nasr, nazm, dramaturgiya, jurnalistika (telejurnalistika, gazeta va internet jurnalistikasi), tasviriy san'at va fotografiya yönalişida ijod qilayotgan 90 nafar yoş ijodkorlar qatnaşdi.
Festival ikki bosqiçda: adabiyot va san'at sohasining yetuk mutaxassislari iştirokida mahorat darslari hamda ijodiy işlarni baholaş orqali ötkazildi.




«Mazkur festivalni ötkazişdan közlangan maqsad azaldan ildizi bir bölgan oltita yönalişda ijod qilayotgan yoşlar örtasida döstlik munosabatini örnatiş va ularga erkin ijodiy muhit yaratiş hisoblanadi. Xivada kaşf etilgan yangi iste'dodlar nasib bölsa, öz sohasi rivojiga munosib hissa qöşadigan ijodkorlar bölib yetişadi», dedi Respublika yoş ijodkorlar kengaşi raisi Mehrinoz Abbosova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Tadbir doirasida, şuningdek, iştirokçilar Xiva şahridagi «Içan qal'a» tarixiy majmuasi yodgorliklarini ziyorat qilişdi va diqqatga sazovor boşqa joylarda bölişdi.

















