Aholi yashaydigan joylarda avtomobil yo‘llarini yoritish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida aholi yashaydigan joylarda avtomobil yo‘llarini yoritish haqida petitsiya e'lon qilindi.
“Respublikamizda piyodalar ishtirokida ko‘plab yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganligini e'tiborga olgan holda, respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining aholi yashash joylaridan o‘tgan qismini yoritish choralarini ko‘rishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Qayd etilishicha, respublika ahamiyatidagi viloyatlararo avtomobil yo‘llarida transport vositalarining harakat tezligi yuqori bo‘lib, bu piyodalarga katta xavf tug‘diradi.
“Ushbu taklifimizda bildirilgan dolzarb masalani O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, mas'ul davlat idoralari, mahalliy hokimiyat organlari hamda homiylarni jalb etish orqali hal etish maqsadga muvofiq”, - deya yakunlanadi petitsiya.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
08:34 / 16.05.2024
Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani aytildi
15:07 / 10.04.2024